Togʻrayhon
Qiyofa
Togʻrayhon (Origanum L.) — labguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda koʻproq maydagul T. (O. tyttanthum Gontsch.) uchraydi. Boʻyi 30–60 cm. Poyasi bir nechta, tik oʻsadi. Tepa qismidan shoxlanadi. Barglari choʻziq tuxumsimon, asosi keng ponasimon. Gullari boshoqsimon, chala soyabonlarga toʻplangan va ular kallakchali toʻpgul hosil qiladi. Gultojisi binafsharang. Iyun—sent. Oylarida gullab urugʻlaydi. Asosan, togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi.

![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |