Kontent qismiga oʻtish

Togʻ jinslarining yotishi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Togʻ jinslarining yotishi - Yer poʻstida togʻ jinslarining shakli va fazoviy joylashuvi. Choʻkindi togʻ jinslari buzilmagan holatda dastlab gorizontal joylashadi. Togʻ jinslari dastlabki yotishining buzilishi yoki dislokatsiyasi 2 sabab bilan: endogen — tektonik harakatlar va ekzogen — koʻchki, oʻpirilish, togʻ jinslarining erishiga sabab boʻluvchi yer yuzasidagi va ayniqsa, grunt suvlarining faoliyati natijasida sodir boʻladi. Togʻ jinslarining yotishiyo. choʻkindi togʻ jinslarining toʻplanish sharoiti boʻyicha 3 xilga ajratiladi: transgressiv, regressiv va migratsion yotish. Togʻ jinslarining yotishiyo. 3 asosiy guruh: burmalangan yoki plikativli (qatlamlar yaxlitligi buzilmagan), uzilishli yoki dizʼyunktivli (uzilish bilan), magmatik massalarning singib kirishi yoki ilgari hosil boʻlgan togʻ jinslari qatlamlarida yuqori qayishqoqlikka ega boʻlgan jinslarning (tuzlar, gipelar) buzilish shakllaridan iborat. Qatlamlarning turli yoshdagi majmualari koʻpayganda Togʻ jinslarining yotishiyo.ning 2 asosiy tipi: muvofiq va nomuvofiq yotishi farq qilinadi. Bu terminlardan stratigrafik va strukturaviy oʻzaro munosabatlarni anikdashda foydalaniladi. Magmatik togʻ jinslari turli xil shakllarda yotadi. Yer yuzasiga oqib chiqqan lavalar oqim va qoplam (effuziv togʻ jinslari) koʻrinishida soviydi; yer yuzasidan uncha chuqur boʻlmagan joyda magmaning sovishi natijasida shtoklar, tomirlar, daykalar, plitasimon qiya jismlar (sillar), lakkolitlar (ekstruziv va gipabissal togʻ jinslari) vujudga keladi. Magma 1,5–2 km chuqurlikda soviganda shtoklar va batolitlar (intruziv togʻ jinslari) hosil boʻladi.