Togʻ jinslarining radioaktivligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Togʻ jinslarining radioaktivligi — togʻ jinslari tarkibida U, Th radioaktiv elementlarining va ularning yemirilish mahsullari K va togʻ jinslarining suv Rb larning mavjudligi. Radioaktiv elementlar 92U, 92U radioaktiv had radioaktiv izotopining miqdori bilan aniqlanadi. Uran ikkala izotopining Yer poʻstidagi (16 km chuqurlikkacha) miqdori taxminan 2,510~4% (vazn hisobida), toriyniki 1,310—3%, kaliy radioaktiv izotopiniki 0,29%. Togʻ jinslarining radioaktivligir. Yerning issiklik balansida muhim rol oʻynaydi. Magmatik jinslarda radioaktiv elementlar tarkibi ularning nordonliligi yoki ishqorliligi ortishi bilan oʻsib boradi. Otqindi togʻ jinslari orasida nordon jinslar eng katta radioaktivlikka (U — 3,510~4; Th — 1,810—3), ultraasosli jinslar esa, eng kichik radioaktivlikka (U—310~7) egadir. Otqindi togʻ jinslarda U, asosan, toriy nodir yer elementlari guruhini aksessor minerallarida izomorf aralashma koʻrinishida va jins hosil qiluvchi minerallarda sochma shaklda uchraydi. Th esa, asosan, toriynodir yer elementlari guruhini aksessor minerallarida yetakchi element yoki aralashma holida ishtirok etadi. K va R mineral hosil qiluvchi minerallar bilan boglik,. Choʻkindi togʻ jinslaridagi radioaktiv elementlar (U—3,2104: Th—1,1YU3) tarkibi kelib chiqishiga bogʻliq. Terrigen choʻkindi togʻ jinslari radioaktivligi magmatik jinslarnikiga yaqin. Choʻkindi togʻ jinslari orasida uning yuqori konsentratsiyalisi sifatida dengiz fosforitlari (50—300x10’"%), baʼzi bir kora slanetslar (to 100x10~4%) hamda baliqlarning suyak qoldiqlari va qoʻngʻir koʻmir ajratiladi. Metamorfik jinslarning radioaktivligi yetarli oʻrganilmagan. Tuprokdagi Th ning Ura nisbati tub jinslardagiga qaraganda ancha katta. Nordon jinslar zamirida paydo boʻlgan tuproq ancha yuqori radioaktivlik bilan ajralib turadi. Oydagi kristalli jinslar (bazaltlar, anortozitlar)da radioaktiv elementlar juda kam. Ingliz geologi J. Jouli birinchi boʻlib (1905) Togʻ jinslarining radioaktivligir.ni Yer issiqlik energiyasi manbai sifatida muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatdi.