Kontent qismiga oʻtish

Togʻ jinslarining burmalanishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Togʻ jinslarining burmalanishi, burmalanishning hosil boʻlishi —tektonik deformatsiyalar natijasida togʻ jinslari katlamlarining ezilib, burmalanish jarayoni. Burmalar majmuasi shakli, kelib chiqishi va hosil boʻlishining kinematik sharoitlariga qarab farqlanadi. Togʻ jinslarining burmalanishib. morfologik belgilarga qarab toʻliq, golomorfli yoki uzun, ingichka burmalardan tashkil topgan, qavariq (antiklinal) va botiq (sinklinal) burmalangan zonalarni muntazam toʻldirib turuvchi chizikdi (alpinotipli); uzuqyulukli yoki alohida, tarqoq, koʻproq antiklinal burmalarga yakin turli shakldagi (vallar, gumbazlar, notoʻgʻri koʻrinishli koʻtarilmalar) toʻgʻri yotgan qatlamlar maydonlari bilan boʻlingan guruhlardan tashkil topgan idiomorfli; oralik, burmalanishli va boshqa tiplarga boʻlinadi. Toʻliq burmalanishda hududning qamma maydoni antiklinal va sinklinal burmalar bilan band boʻlib, gorizontal katlamlar uchramaydi. Unda, asosan, surilish va ushalish, togʻ jinslarining jipslashishi va metamorfizmi sodir boʻladi. Uzuqyuluq burmalanishga braxiantiklinal va braxisinklinallar, koʻtarilmalar, gumbazlar, diapir burma va boshqa kiradi. Ularda tik tektonik buzilishlar koʻp uchraydi. Oraliq burmalanishlar 2 xil: qirrasimon va sandik,simon boʻladi. Qirrasimon burmalanishda jarlik, siqiq antiklinal va keng tekis sinklinallar navbatmanavbat keladi, tog oldi bukilmalarida uchraydi. Sandiqsimon burmalanish sandiqsimon antiklinal va sinklinallardan iborat. Turli davrlarda hosil boʻlgan turli yoshdagi burmalanishlar maʼlum. Mas., Baykal (tokembriy oxiri — kembriy boshi), Kaledon (quyi paleozoy oxirida), Gersin (yuqori paleozoyda), Kimmeriy yoki Tinch okean (yuqori yura va bur davrlarida) va Alp (kaynozoyda) burmalanishlari. Togʻ jinslarining burmalanishib.ni oʻrganish faqat nazariy emas, balki amaliy ahamiyatga ega, chunki burmali deformatsiyalar foydali qazilmalar yotishining tavsifiga va konsentratsiyasiga taʼsir koʻrsatadi. Togʻ jinslarining burmalanishib. paytida neft, gaz va baʼzi bir ruda konlari hosil boʻladi va toʻplanadi.