Tobin
Qiyofa
Tobin — turkiy xalqlar tarkibiga kirgan qabila. Boshqirdlar tarkibidagi yirik qabilalardan biri. Qozoq urugʻlaridan birining nomi ham, shuningdek, Tojikiston laqay oʻzbeklari (qarang Laqaylar) tarkibida ham T. boʻlgan. T.larning etnogenezi haqida aniq maʼlumot yoʻq. Moʻgʻullar istilosita qadar T.lar yirik qabila boʻlib, Ural togʻlarining etaklari va Gʻarbiy Qozogʻiston choʻllarida koʻchib yurishgan. 13-asrda moʻgʻullar hujumidan soʻng ayrim guruhlarga boʻlinib, hozirgi oʻzbek, qozoq va boshqird xalqlarining tarkibiga kirgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |