Toʻlqinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To‘lqindan yoʻnaltirildi)

Toʻlqinlar — fazoda chekli tezlik bn tarqaluvchi modda yoki muhitning holat oʻzgarishlari. T.ning tarqalish jarayonida energiya fazoning bir nuqtasidan ikkinchi nuktasiga uzatiladi, ammo zarralari koʻchmaydi. Turli xil (mexanik, issiqlik, elektromagnit) holat oʻzgarishlariga turli xil T. moye keladi. Elastik T., sirtiy T., elektromagnit T. turlari keng tarkalgan. Elastik deformatsiyalarni gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda tarqalishi elastik T. deyiladi. Tovush T.i va Yer qobigʻidan seysmik T. elastik T.ning xususiy xoli hisoblanadi. Ikki muhit chegarasi sirti boʻylab tarqaluvchi T. sirtiy T.dir. Elektromagnit toʻlqinlar — xususan radio toʻlqinlar, yorugʻlik T.i, ultrabinafsha T., rentgen va gamma T. — tarqalayotgan oʻzgaruvchi elektromagnit maydonlardan iborat. Bulardan tashqari gravitatsion toʻlqinlar ham mavjud. Toʻlqin jarayonlari fizik hodisalarning deyarli barcha sohalarida uchraydi. T.ni oʻrganish fizika va texnika fanlari uchun muhim.

Muayyan vaqt oraliklarida takrorlanib turadigan harakatlar tebranishlar deyiladi. Tebranishlar T. tarkalish yoʻnalishi boʻyicha boʻlsa, boʻylama T., (rayem, a), tarqalish yoʻnalishiga perpendikulyar boʻlsa, koʻndalang T. deyiladi (rayem, b). Boʻylama T. tarqalayotganda muhit zarralari T. tarqalayotgan yoʻnalish boʻylab tarqaladi. Koʻndalang T.da esa muhit zarralari T. yoʻnalishiga perpendikulyar yoʻnalish boʻylab tebranadi. Gazlar, suyuqliklardagi elastik T. boʻilama T.dir. Qattiqjismlardagi elastik T. (jumladan, Yerning seysmik T.i) boʻylama T. shaklidagina emas, koʻndalang T. ham boʻlishi mumkin (muhit zarralarining tebranishlari T. tarqalishi yoʻnalishiga perpendikulyardir). Elektromagnit T. koʻndalang T.dir, ularda tebranuvchi elektr maydon va magnit maydon kuchlanganliklarining yoʻnalishlari T. tarqalishi yoʻnalishiga perpendikulyar boʻladi. Mexanik T. manbai tashqi kuch taʼsirida holati oʻzgarishga moyil boʻlgan chekli jism va moddalar boʻlib, elektromagnit T. manbai tebranish konturi va harakatlanayotgan zaryadlar hisoblanadi. T.ning xossalarini oʻrganishda uning parametrlaridan, yaʼni amplitudasi, uzunligi, chastotasi, uning tarqalish tezligi, fazasi, toʻlqin vektori va boshqa kattaliklardan foydalaniladi. T. chastotasi, fazasi yoki amplitudasining oʻzgarishini T. modulyatsiyasi deyiladi. Aniq parametrning oʻzgarishiga qarab moye modulyatsiya — chastota modulyatsiyasi, faza modulyatsiyasi, amplituda modulyatsiyasi roʻy beradi.

Ixtiyoriy shakldagi har qanday T. garmonik T. yigʻindisi deb qaralishi mumkin. Vaqtning har bir momentida fazoning cheklangan kichik qismidagi juda yaqin chastotalarga ega T. tizimi T. guruhi yoki T. paketi deyiladi. Umuman T. fronti va T. paketining biror, mas., maksimal amplitudasi turli tezliklar bn tarqaladi. T. fronti tezligi biror oʻzgarmas faza tezligidir, shu sababli bu tezlik fazaviy tezlik deyiladi. T. paketiga tegishli aniq amplituda tezligi guruhiy tezlik deyiladi. T. tarqalishida energiya guruhiy tezlik bn tarqaladi.

Turli T. uchun interferensiya, difraksiya, sinish, qaytish, qutblanish va boshqa hodisalar bir xil krnuniyatlar asosida boradi. T.ning gravitatsion va glyuon turlari tajribada tasdiklanmagan.

Ad: Vinogradova M . B ., Rudenko O. V., Suxorukoye A. P., Teoriya voln, M., 1973; Isakevich M. A., Obshaya akustika, M., 1973; Braginskiy V. B., Polparev A. G., Udivitelnaya gravitatsiya, M., 1987.

Nazar Toʻrayev.