Toʼrgʻay (qishloq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
To’rgʻay
qoz. Торғай
qishloq
49°38′2″N 63°29′53″E / 49.63389°N 63.49806°E / 49.63389; 63.49806Koordinatalari: 49°38′2″N 63°29′53″E / 49.63389°N 63.49806°E / 49.63389; 63.49806
Mamlakat Qozogʻiston
Viloyat Qoʻstanoy viloyati
Tuman Jangeldi tumani
Hukumat
Asos solingan 1845
Aholisi
 (2012)
5 380
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71439[1]
Pochta indeks(lar)i 110600[2]
Avtomobil kodi P, 10
Xaritani koʻrsatish/yashirish
To’rgʻay qoz. Торғай xaritada
To’rgʻay qoz. Торғай
To’rgʻay
qoz. Торғай

Toʻrgʻay — Qoʻstanoy viloyatining Jangeldi tumanidagi qishloq, tuman markazi. Viloyat markazi sanalmish Qoʻstanoy shahridan, janubi-gʻarbga tomon 550 km masofada, Toʻrgʻay daryosining oʻng yoqasida joylashgan. Aholisi 5380 kishi (2012).

Tarixi[tahrir]

Poydevori Chor Rossiyaning qozoq yerini mustamlaka qilish siyosatiga bogʻliq qurilgan. 1845-yil „Toʻrgʻay“ deb nomlanib, shahar maqomiga ega boʻldi. 1868-yil yangidan tashkil topgan, oʻzi bilan nomdosh viloyat va uezning markaziga boʻldi. 1883-yili buyuk qozoq shoiri Ibiray Altinsarinning taklifiga binoan qizlar uchun real uchilish ochildi. 1876-yili shahar aholisi 570 kishi boʻlsa, 1902-yili 1,2 ming kishiga yetdi. 1920 — 29 y. Qozogʻistonda Kengash Hukumati oʻrnashishiga bogʻliq Toʻrgʻay guberniya va uezd markaziga aylandi. Undan keyin Toʻrgʻay, Jangeldin tumanining markazi boʻldi.

Aholisi[tahrir]

1999-yili qishloq aholisi 6,462 kishini, (3,177 nafari erkaklar va 3,285 nafari ayollar)[3] 2009-yilda esa qishloq aholisi 5,767 kishini tashkil qildi (2,799 nafari erkaklar va 2,968 nafari ayollar)[3].

Ijtimoiy soha[tahrir]

Qishloqda tuman aloqa va telekommunatsiya, avtomabil sanoat jamoati, bosmaxona, 2 ta oʻrta maktab, musiqa maktabi, Nurxan Axmetov nomli qishloq kasbiy-texnik maktab, kutubxona, tuman kasalxonasi, shifoxona, dorixona v.h. faoliyat yuritmoqda[4].

Manbalar[tahrir]

  1. Qoʻstanay viloyatining telefon kodlari
  2. Почтовые индексы Казахстана
  3. 3,0 3,1 Итоги Национальной переписи населения Республики Казахстан 2009 года. Агентство Республики Казахстан по статистике. Asl nusxadan arxivlandi (2013-02-27). 2021-01-26.
  4. Qozoq Ensiklopediyasi, 8 tom