Kontent qismiga oʻtish

Toʻra Narziyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toʻra Narziyev
Tavalludi 10-yanvar 1954-yil (1954-01-10) (70 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi fermer
Unvoni Oʻzbekiston Qahramoni

Toʻra Ikromovich Narziyev (1954-yil 10-yanvar – Jondor tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi) – sobiq irrigator, Oʻzbekiston Qahramoni (2009), hozirda nafaqada.

Hayoti va mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1954-yil 10-yanvar – Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Buxoro viloyati Jondor tumanining Qorovul qishlogʻi (hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Jondor tumani) da tavallud topgan[1].

1971—1972-yillarda ekskavator mashinistlarini tayyorlash boʻyicha kurslarini tugatgan. Keyingi faoliyatida akasi Kamol Narziyevdan ekskavatorchilik koʻnikmalarni oʻrgangan. 1974-yilda Buxoro viloyatidagi „Amu-Buxorokanalqurilish“ aksiyadorlik jamiyatiga ekskavatorchi sifatida ishga kirgan. Buxoro viloyatidagi irrigatsiya va melioratsiya suv inshootlarini qurish va tamirlashda koʻp yillik mehnat faoliyatini olib borgan. 2014-yili nafaqaga chiqqan.

2002-yili „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator“, 2009-yilda esa „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvonlari bilan mukofotlangan. Toʻra Narziyev ushbu mukofot bilan taqdirlanganini eshitgan voqeani:

„Qumsulton“ zovurida ishlardim. Qum barxanlari va siyrak butalardan iborat choʻl. Shamol koʻz ochirmaydi. Quyosh atrofda olov sepgandek, ekskava­tor tinimsiz ishlab turibdi. Shu payt mashinist yordamchisi chaqirib, uyali telefonini uzatib, „Oʻgʻlingiz Nurali bilan gaplashing, aytayaptiki, siz Qahramon boʻlibsiz“ dedi

deb eslaydi.

2014—2019-yillarda Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi deputati sifatida ish olib borgan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali. Turmush oʻrtogʻi – Xosiyat Narziyeva. Ikki oʻgʻil, toʻrt qizning otasi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. 2002-yil - „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator“,

2. 2009-yil - Vatan mustaqilligini mustahkamlash, jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish sohasidagi uzoq yillik qahramonona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun - „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni[2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216 bet. 11-avgust 2023-yilda qaraldi. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 150.
  2. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni , 25.08.2009 yildagi PF-4131-son“. Lex.uz (2009-yil 25-avgust). Qaraldi: 28-dekabr 2023-yil.