Toʻlan nizom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Toʻlan Nizomdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Toʻlan nizom (taxallusi; asl ismsharifi Nizomiddinov Toʻlanboy) (1939.17.8, Quva tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1998). Andijon pedagogika intini tugatgan (1965). Yoshlar tashkilotlarida rahbar (1965— 76), tuman xalq taʼlimi boʻlimida mudir (1976—83), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat boʻlimida masʼul kotib (1983—85), Boʻz ped. bilim yurtida direktor (19852001). Birinchi sheʼriy toʻplami — "Sening ertaklaring" (1970). Shundan soʻng T.N.ning "Iftixor" (1982), "Oy qizlar" (1988), "Muqaddas ruh" (1993), "Vatan tuygʻusi" (1993), "Chaman ichra", "Akssado", "Intizorlik" (1994), "Daqr bogʻi" (1995), "Saylanma" (1998) kabi sheʼriy toʻplamlari eʼlon qilingan. T.N. soʻnggi yillarda liroepik janrlarda samarali ijod qilib, Bobur, Mashrab, Choʻlpon, Mirtemir, Usmon Nosir, S. Zunnunova, M. Yusuf singari siymolarga bagʻishlangan "Choʻlpon", "Majnuntol yigʻisi", "Ruhi ravonim" (1993), "Uch soʻz" (1995), "Oq gul", "Botmay qolgan oy" (1996), "Alisher" (2003) singari doston va lirik qissalarini yezdi. "Non hidi" (1998), "Suhbat" va Qamchiq dovoni qurilishiga bagʻishlangan "Dovon" (2002) dostonlari muallifi. "Mexdsht shuxrati" ordeni bn mukofotlangan (2003).