Tmk22

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tmk22 (Toshkent, Moskva, Kuba nomlari bosh harflaridan) — oʻrtapishar pomidor navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik intida Oʻzbekiston, Rossiya va Kuba olimlari hamkorligida Xeyns va L178 navlarini chatishtirib yaratilgan (Ye.Yermolova, V.F.Pivovarov, S.T,Pessova, G.I.Klenova, 1986). Duragaylarning 1—2avlodi sinovlari va tanlash Toshkentda, 3avlodini sinash Kubada, 4—7avlodi sinovlari Toshkentda oʻtkazilgan. Tupi, shoxlanishi oʻrtacha, bal. 65—70 sm, mevasi yirik (120—145 g), choʻziq yumaloq, yuzasi silliq, pusti va eti qattiq, rangi qizil, tashishga chidamli. Tupida uzok, turib qolsa ham sifati buzilmaydi. Tarkibida quruq modda 5,6%, qand 3,2%, S vitaminni 27 mg %.

Urugʻi issiqxonalarda fevral 3dekadasida sepilib, koʻchati Toshkent viloyatida aprel 2dekadasidan mayning 2 dekadasigacha 90x25 yoki 110x70x20 sm sxemasida ekiladi. Urugʻi unib chiqqach mevasi 120—125 kunda pishadi. Hosildorligi 450—700 s/ga. 1990 yilda davlat reyestriga kiritilgan. Oʻzbekistonning hamma viloyatlari, Qirgʻiziston, Tojikistonda ekiladi. Uzok, masofalarga tashishga chidamli.