Tizimguldoshlar
Qiyofa
Tizimguldoshlar, tizimgullilar (Verbenaceae) – ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Daraxt, buta va oʻtlardan iborat 90 turkumi va 2900 ga yaqin turi bor. Asosan, tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 2 turkumga mansub 4 turi usadi. Poyasi 4 qirrali, barglari qaramaqarshi yoki halqasimon oʻrnashgan; yonbargsiz, gullari zigomorf, toʻpgulli barg qoʻltigʻi yoki poya uchida joylashgan; gultojbarglari bir-biri bilan qoʻshilib, tubi nay, uchi esa ikkita lab hosil qiladi; changchilari 4 ta, urugchisi bitta; tugunchasi ustki, 4 xonali; mevasi 4 ga boʻlinadigan danak. Dorivor, efir moyli, ziravor, qimmatbaho yogʻoch beradigan va oziq-ovqat (sabzavot) sifatida ishlatiladigan turlari bor[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Tizimguldoshlar“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (T-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |