Tiv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tiv (oʻzlarini munshi deb atashadi) — Nigeriya (2,7 mln. kishi, 1990-yillar oʻrtalari) va Kamerun (300 ming kishi)dagi xalq. Tiv tilida soʻzlashadi. Aksariyati anʼanaviy eʼtiqodlarga sigʻinadi, xristian va sunniy musulmonlar xam bor. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik.