Titrimetrik analiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Titrimetrik analiz - aniqlanayotgan modda miqdorini shu modda bilan oʻzaro reaksiyaga kirishish uchun sarflangan reaktiv miqdoriga qarab anikdashga asoslangan miqdoriy analiz usuli (yana q. Hajmiy analiz). Titrimetrik analiz da aniklash uchun vazniy analizga karaganda kam vaqt sarflanadi. Bundan tashqari, Titrimetrik analizda kislotaasos, oksidlanishqaytarilish, kompleks hosil qilish kabi kimyoviy reaksiyalarni ham aniklash mumkin. Titrimetrik analizning barcha anik,lash usullarida titrlash ekvivalentlik nuqtasigacha, yaʼni standart titrlangan eritmaning miqdori reaksiya tenglamasiga muvofiq, modda miqdoriga qatʼiy ekvivalent boʻlgan paytgacha oʻtkaziladi. Shu sababli titrlash tugaganligini bildiruvchi indikatorlarning Titrimetrik analiz da ahamiyati muhim.

Aniklash usuliga koʻra, toʻgʻri (bevosita), qoldikli, bilvosita va differensial Titrimetrik analiz farklanadi. Koldikdi usul aniklanadigan modda standart, titrlangan eritma bilan reaksiyaga kirishmaganda yoki reaksiyaga juda suyet kirishganda qoʻllanadi. Bilvosita usulda modda standart titrlangan eritma bilan bevosita reaksiyaga kirishmaganda amalga oshiriladi. Differensial usul bir vaqtda 2 moddani aniqlashda qoʻllanadi.

Kimyoviy reaksiyalar jarayoniga qarab. Titrimetrik analiz kislotaasos, oksidlanishqaytarilish, kompleksometriya, choʻkmaga tushirish usullariga; titrlashning oxirgi nuqtasini indikatsiyalash usuliga kura, rangli indikator, potensiometrik, ampermetrik, konduktometrik titrlashga boʻlinadi.