Titaniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Titaniya — Uran sayyorasining yirik yoʻldoshlaridan biri. Diametri 1580 km, sayyoradan oʻrtacha uzokligi 435,9 ming km. Uran atrofini taxminan 9 sutkada aylanib chiqadi. T. orbitasining tekisligi Uran orbitasi tekisligi bilan deyarli perpendikulyar. T. yuzasida koʻplab kraterlar va tektonik yoriklar mavjud. 1787 yilda ingliz astronomi V. Gershel kashf etgan (yana q. Sayyoralar yoʻldoshlari).