Tirkama
Tirkama — dvigatelsiz gʻaldirakli transport vositasi. Dvigatelli transport vositasi (avtomobil, traktor)ga tirkab ishlatiladi (nomi shundan). Oddiy va maxsus, bir, ikki va koʻp oʻqli turlari boʻladi. Oddiy 2 oʻkdi tirkama berk kuzov yoki bortli platforma bilan jihozlanadi. Maxsus tirkamaga muayyan yukni (masalan, paxtani) tashish uchun moslashtirilgan kuzov oʻrnatiladi. Uzun yuklar (trubalar, taxtalar va boshqalar) uchun maxsus 2 gʻildirakli (bir oʻqli) Tirkama ulamadan foydalaniladi. Bunday tirkama shatakchi mashinaga yukning oʻzi orqali tutashtiriladi. T. ga turli jihozlar (masalan, kompressor styalar)ni oʻrnatish ham mumkin. Oddiy bir oʻqli tirkamaning yuk koʻtaruvchanligi 2 t dan, ikki oʻqliniki 8 t dan oshmaydi; boʻlinmaydigan yirik yuklarni tashish uchun moʻljallangan T.niki —20—25 t. Tirkamalarning barchasi ye’ritish asboblari, gabarit chiroklari, tanish belgilari bilan taʼminlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |