Tiratron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tiratron [yun. tryra — eshik, kirish va (elek)trongʻ — anod va katoddan tashkari bir yoki bir necha boshqarish toʻri boʻlgan uch elektrodli ion asbob. Sovuq katodli (tutovchi razryadli) va choʻglanma katodli (yey razryadli) boʻladi. T. inert gazlar, simob bugʻlari yoki vodorod toʻldirilgan germetik (havo kirmaydigan) ballon. Toʻrda kuchlanish muayyan qiymatga yetganda yey razryad vujudga keladi. Razryad hosil boʻlishi paytida toʻrning potensial ishorasiga (katodga nisbatan) qarab, T.lar manfiy va musbat ishga tushirish xarakteristikali xillarga boʻlinadi. Manfiy xarakteristikali (toʻgʻrilagichli, releli, relaksion va boshqalar) T.da anodning elektr maydoni katodga toʻr orqali oʻtib keladi. Bular boshqariladigan ventil sifatida ishlatiladi. T. kuchli impulsli elektr zanjirlarida (kommutator sifatida), axborotlarni aks ettirish qurilmalarida (indikator sifatida) va boshqalarda qoʻllanadi. Molibden yoki nikel simlardan zich toʻrli qilib yasaladigan T. tasitron deb ataladi.