Tipologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tipologiya (tip va ...logiya) — obʼyektlarni mavhum, umumlashgan model (tip)lar yordamida ilmiy tasnif qilish usuli. Bunda oʻrganilayotgan obʼyektlarning eng muhim struktur (tarkibiy) va funksional xususiyatlari kayd etiladi. T.ning asosiy xususiyati shundaki, u nafaqat oʻrganilgan, bilib olingan obʼyektlarni tasnif kilish, balki u yoki bu davrdagi fanga xdli maʼlum boʻlmagan obʼyektlarning mavjud boʻla olishini avvaldan koʻrsatish (aniklash)ga ham imkon beradi (mas., D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi). Ilmiy tafakkurning universal usullaridan biri boʻlgan T. oʻrganilayotgan obʼyektlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va tafovutni ochib berishga, ularni aynan oʻxshatish, tenglashtirish yoʻllarini topishga asoslanadi va koʻplab fan sohalarida qoʻllanadi, biroq xilmaxil xossali obʼyektlari koʻp boʻlgan biol. kimyo, geogr. tilshunoslik, psixologiya kabi fanlarda samarali foydalaniladi.

Tilshunoslikda T. — umuman til tuzilishining muhim belgilarini alohida, ayrim olingan tillar qurilishini oʻrganish va ularni har tomonlama taqqoslash asosida aniqlovchi va umumlashtiruvchi tilshunoslik boʻlimi. Tipologik metodlar turlituman tillarning fonologiyasi, morfologiyayetl, sintaksist va leksiGʻsosidagi oʻxshashliklar va tafovutlarni aniklashga, lingvistik universaliyalarni, shuningdek, tillarning tiplarini — til kurilishi tabiati haqidagi umumlashgan, mukammal xrldagi tushunchalarni belgilashga qaratilgan. Tillarning tiplari grammatikada tushunchalarni anglatish usuliga, munosabatlarni ifodalash texnikasiga va birikish, boglanish darajasiga qarab aniqlanadi. Tipologik tadqiqotlar til tizimining alohida, ayrim kichik tizimlari asosida ham olib boriladi, shu tufayli fonologik, morfologik, sintaktik va semantik T.lar farklanadi. Ikki yoki undan ortiq qarindosh yoki qarindosh boʻlmagan har xil tizimdagi tillarning ayrim xususiyatlarini qiyosiy T. oʻrganadi. Aniklanadigan tipologik belgilar maʼlum bir kichik tizimning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiradi, lekin til qurilishida ular turli nisbatlarda birikadi, shuning uchun mazkur belgilardan biri asosiy, yetakchi hisoblanadi. Soʻzning tarkibiy tuzilishi asosida tillarning morfologik (tipologik) tasnifi yaratildi, biroq tadrijiy taraqqiyot natijasida tilning tipi oʻzgarishi mumkinligi sababli tillarning tiplari sof holda uchrashi isbotlanmagan. Tilshunoslik sohasidagi tipologik tadqikrtlar nemis olimi F.Shlegel asarlaridan boshlangan. Keyinchalik tillar T.si boʻyicha nemis olimlari A.V.Shlegel, V.Gumboldt, X.Shteyntal, A. Shleyxer, amerikalik E.Sepir, chex V.Skalichka, fransuz A.Martine, ruslardan F.F.Fortunatov, I.I.Meshchaninov, B.Uspenskiy, Yu.V.Rojdestvenskiy, V.N.Yarseva va boshqa tadqiqotlar olib borganlar. Oʻzbekistonda ham A.Abduazizov, J.Boʻronov, Q.Toymetov va boshqalar T. masalalari bilan shugʻullanganlar.

Adabiyot[tahrir]

  • Uspenskiy B.A., Strukturnaya tipologiya yazikov, M., 1965; Teoreticheskiye osnovoʻ klassifikatsii yazikov mira, M., 1980. Abduvahob Madvaliyev.