Tion Wayne

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tion Wayne
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Dennis Junior Odunwo [1]
1993-yil 1-sentyabr
London, Angliya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi reper • DJ
Leybl Warner Music UK • Atlantic Records UK
Janr hip hop
Faoliyat yillari 2010–hozirgacha
Veb-sayt https://www.tionwayne.co.uk/

Dennis Junior Odunwo [2] (1993-yil 1-sentyabrda tugʻilgan),[3] Tion Wayne taxallusi bilan tanilgan britaniyalik reper va DJ[4][5].

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dennis Junior Odunwo Shimoliy Londonning Enfild tumanidagi Edmonton shahrida tug'ilgan[5][4][6]. Uning ota-onasi Nigeriyalik. Uning onasi hamshira, otasi esa kompyuter muhandisi edi. U o‘rtancha bola bo‘lib, yoshligida hisobchi bo‘lishni orzu qilgan[7].

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odunvo 2010-yilda YouTubeda bir nechta videolarni joylashtirgandan so'ng musiqaga jiddiy yondashishni boshladi. 2014-yilga kelib u „Wayne's World“ deb nomlangan birinchi miksteypini chiqardi. Odunvo asta-sekin haqiqiy muhlislarini to'plashni boshladi. 2016-yilga kelib, u amerikalik reper Rick Ross va ganalik reper Sarkodi kabi san'atkorlar bilan hamkorlik qildi. Uning keyingi miksteypi, „Wayne's World Vol. 2“ ham o'sha yili chiqarilgan. 2017-yilda Odunwo „Transition“ kengaytirilgan singllar to'plamini chiqardi. U 2019-yil boshida Londonlik NSG guruhining "Options" singlida hamkorligi bilan u Buyuk Britaniyadagi Singles Chartida yettinchi o'rinda debyut qildi

Uning britaniyalik reper Russ Millions bilan birgalikda "Keisha & Becky" qo'shig'i ham Buyuk Britaniyaning top o'ntaligiga kirdi va yettinchi o'rinni egalladi. 2020-yilda Odunvo qoʻshiqchi Swarmz hamda reper KSIning "Houdini" singlida hamkorlik qildi. Singl Buyuk Britaniya Chartida oltinchi o'rinni egalladi.

2021-yilda Tion Wayne Russ Millionsning "Body" qo'shig'i remiksida hamkorlik qilgan. Remix 22 aprel kuni chiqdi. Qo'shiq Buyuk Britaniya Chartida 1-o'rinni egallab, 1-o'rinni egallagan birinchi Buyuk Britaniya drill qo'shig'iga aylandi.

Bahslashuvlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning 17-noyabrida Odunvo Dubaydan Londonga uchayotganda reper Headie One bilan janjallashib qolgan[8][9] .

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiya albomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Tafsilotlar Chartdagi o'rni
UK
[10]
BEL
[11]
IRE
[12]
NLD
[13]
Green with Envy 5 164 33 93

Miksteyplar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Yili Chartdagi o'rni
UK
Wayne's World 2014
Wayne's World 2 2016
T Wayne's World 3 2019 62

Chartdagi singllar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Yili Chartdagi o'rni Albomi
UK
[10]
NZ[14]
"Rock Dat"
(& Polo G)
2021 35 Green with Envy
"Who's True"
(& Davido)
50

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bennett, Geoffrey „Grime star Tion Wayne stamped on a man's head during mass brawl outside Clifton nightclub“. Bristol Live (2017-yil 9-noyabr).
  2. „Rapper Tion Wayne: 'Police don't want us to win, they want us in jail'“ (en). the Guardian (2021-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 1-mart.
  3. „Tion Wayne | full Official Chart History | Official Charts Company“. www.officialcharts.com. Qaraldi: 2022-yil 1-mart.
  4. 4,0 4,1 Aniefiok, Ekpoudom. „Tion Wayne review – enthrallingly glossy anthems and joyful productions“. The Guardian (2019-yil 13-oktyabr).
  5. 5,0 5,1 Embley, Jochan. „Virtually Famous: Tion Wayne“. Evening Standard (2020-yil 19-iyun).
  6. Kane, David „Tion Wayne“. Notion Online (2020-yil 8-may).
  7. Smyth, David „Tion Wayne interview“. Evening Standard (2021-yil 9-aprel). — „I was good at maths, I love money - I was going to be an accountant.“.
  8. „Headie One and Tion Wayne in 'altercation' on Dubai flight – reports say“ (en). The Independent (2020-yil 17-noyabr). 2022-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-noyabr.
  9. Fowler, Kate „Who is Morrisson? Rapper responds to Tion Wayne and Headie One fight!“. HITC (2020-yil 18-noyabr). 2022-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
  10. 10,0 10,1 „Tion Wayne | full Official Chart History“. Official Charts Company.
  11. „Tion Wayne – Green with Envy“ (nl). Ultratop. Qaraldi: 2021-yil 26-sentyabr.
  12. „Official Irish Albums Chart Top 50“. Official Charts Company (2021-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  13. 13,0 13,1 „Discografie Tion Wayne“ (nl). dutchcharts.nl. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  14. „NZ Hot Singles Chart“. Recorded Music NZ (2021-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.