Tintu Luka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tintu Luka
Sport
Qaysi sport Yengil atletika

Tintu Luka (1989-yil 26-aprelda tugʻilgan) hindistonlik yengil atletikachi portchisi boʻlib, u asosan oʻrta masofaga yugurish musobaqalarida qatnashadi. Kerala shtatining Valathode shahrida tugʻilgan. U ayollar oʻrtasida 800 metrga yugurish boʻyicha milliy rekordchi hisoblanadi. Luka 2012-yil va 2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida Hindiston sharafini himoya qilgan. U 2015-yilda 800 metrga yugurish boʻyicha Osiyo chempioni hisoblanadi, shu jumladan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida jami oltita medalni qoʻlga kiritdigan.

Luka 400 metrga va 4 × 400 metrga estafeta yugurish musobaqalarida ham qatnashadi va 2013-yilgi Osiyo chempionati va 2014-yilda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan va yoʻsinda davom etib estafeta jamoasi tarkibida ishtirok etgan. Unga hindistonlik olimpiachi P.T.Usha ustozlik qiladi va U shu yengil atletika maktabida, Keralada mashq qiladi. U 2014-yilda Hindiston hukumati tomonidan mamlakatning ikkinchi eng yuqori sport sharafi - Arjuna mukofoti bilan taqdirlangan.

Erta hayot va kichik martabalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tintu Luka Hindistonning Kerala shtatining Kannur tumani Karikkottakary yaqinidagi Valathode qishlogʻida tugʻilgan. Uning ota-onasi - Lukka va Lissi, uzunlikka sakrashda shtat darajasida edi. Uning Anxel Lukka ismli singlisi bor. Luka oʻqishni Karikkottakaridagi Sent-Tomas oʻrta maktabida olgan.[1]

2001-yilda Luka Qoʻyilandidagi PT Usha yengil atletika maktabiga qoʻshildi va murabbiyi PT Usha rahbarligida mashgʻulotlarni boshladi.[2] 2008-yilda yengil atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 3 - oʻrin bilan kumush sohibi boʻlib, birinchi xalqaro medalini qoʻlga kiritdi.

Xalqaro darajada ishlashi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lukka 2017-yilda 277 - raqam ostida edi

2008-yilda Luka Jakartada oʻtkazilgan engil atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 800 metrga yugurishda kumush medalni qoʻlga kiritdi.[3]

2010 Commonwealth GamesLuka ayollar oʻrtasida 800 metrga yugurishda 2:01,25 soniya natija bilan oltinchi oʻrinni egalladi.[4] PT Usha bu hodisaga javoban shunday dedi, Tintu Luka ilgari bunday katta olomonga duch kelmaganini va olomonning olqishlari va hayajoni uning diqqatini yoʻqotishiga va oldindan rejalashtirmasdan tezroq yugurishga olib kelishi mumkinligini aytdi.

Luka 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida ham yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida 800 metrga yugurish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2010-yilda boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida umidsizlikka uchragan Tintu boshidanoq buni bilgan, ammo oxirgi 50 metrda tezlikni bosib oʻta olmadi va 2:01,36 soniya natija bilan uchinchi oʻrinni egalladi.[5]

London - 2012 Summer Olympics 800 metrga yugurish boʻyicha uchta yarim finalning ikkinchisida Luka oʻzining mavsumdagi eng yaxshi koʻrsatkichi boʻyicha 1:59,69 soniya natija bilan oltinchi oʻrinni egalladi, ammo final bosqichiga chiqa olmadi.[6][7] Yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki uchun Kerela hukumati uni mukofotladi va uni qonunda belgilangan darajadagi ish bilan taʼminlaydi.[8]

2014-yil 1-oktyabr kuni Luka Janubiy Koreyaning Incheon shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida 800 metrga yugurish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritdi.[9] U shuningdek, 2014-yildagi Osiyo oʻyinlarida 4X400 metr estafetada Oltin medalni qoʻlga kiritgan. Jamoaning bir qismi edi.[10] Jamoa 3:28:68 natijani qayd etib, oʻyinlar rekordini yangiladi. Bu Hindistonning 2002-yildan beri ketma-ket toʻrtinchi oltin medalidir.

Mukofotlari va eʼtiroflari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arjuna mukofoti - 2014-yilda[11]

Maʼlumotnomalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Road to Rio: Tintu Luka, India's best bet to end athletics medal wait at Olympics“. The Indian Express (22-iyul 2016-yil). Qaraldi: 17-avgust 2016-yil.
  2. „10 things you need to know about Tintu Luka“ (7-iyun 2015-yil).
  3. „Tintu Luka to participate in Jr. world athletic championship“. Thaindian News. 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2022-yil.
  4. performance in CWG 2010
  5. Performance in Asian games,
  6. „London 2012 - Women's 800m : Athletics - Results“. BBC Sport. Qaraldi: 8-avgust 2012-yil. [sayt ishlamaydi]
  7. „India's Tintu Luka qualifies for 800 metres semifinals“. The Times of India. Qaraldi: 8-avgust 2012-yil.
  8. kerala-government-sportspersons
  9. „Tintu Luka fetches 800m silver in Asiad“. DNA. DNA (1-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 1-oktabr 2014-yil.
  10. „Asian Games: India wins gold in 4x400m women's relay“ (2-oktabr 2014-yil).
  11. „Tintu Luka Profile: Women's 800m“. The Indian Express (17-avgust 2016-yil). Qaraldi: 17-avgust 2016-yil.