Kontent qismiga oʻtish

Tinibek (xon)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tinibek
Xon
Oltin oʻrda xoni
Saltanat 1341—1342
Oʻtmishdoshi Oʻzbekxon
Davomchisi Jonibek
Tugʻilishi nomaʼlum
Vafoti 1342

Tinibek (Tinibek, Dinibek) – Oltin oʻrda xoni (1341—1342). Oʻzbekxonning toʻngʻich oʻgʻli (aslida ikkinchi oʻgʻli, 1330-yilda Oʻzbekxonning birinchi oʻgʻli Temurbek vafotidan keyin toʻngʻichi deb ataladigan boʻlgan).

Oʻzbekxonning kavkazortidagi yurishlarida qatnashgan. Otasi vafot etgach Tinibek Chigʻatoy ulusiga qarshi yuborilgan qoʻshinlarga boshchilik qilib ketgan. Tinibekning yoʻqligidan foydalanib hukmronlik qilgan Jonibek akasining qaytib kelganidan xabar topib, Taidula bilan til biriktirgan. Tinibek Saroychiqda sotqin amirlar tomonidan oʻldirilgan.

Tinibek D. M. Balashovning „Magʻrur Simeon“ tarixiy romani qahramonlaridan biridir. Shu bilan birga „Oʻrda“ filmida Tinibek rolini Andrey Panin oʻynagan.