Tinch okean geosinklinal mintaqasi
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Tinch okean geosinklinal mintaqasi — Tinch okeani oʻrab turgan, yer poʻstining hozirgi zamon geosinklinal zonalari va turli yoshdagi burmalanish oblastlari majmuasini ifodalovchi yerning eng yirik geosinklinal mintaqalaridan biri. And, Kordilyera, Yuqori YanaChukotka oblasti, Tinch okeanning orollar yoyi zonasini oʻz ichiga oladi. Baʼzan Tinch okean geosinklinal mintaqasining chu.m ikkiga boʻlinadi: Sharqiy Tinch okean geosinklinal mintaqasiga (Kordilyera) va Gʻarbiy Tinch okean geosinklinal mintaqasiga. Okean qaʼridan Tinch okean geosinklinal mintaqasiga chuqur suvli novlar — Aleut, Kurill, Kamchatka, Mariana, Tonga, Karmadek, Peru, Chili, Gvatemala va boshqalar bilan ajralgan. Mintaqaning tashqi chegarasi Sibir, Xitoy, Koreya, Janubiy Xitoy, Avstraliya, Antarktida, Janubiy Amerika va Shimoliy Amerika qad. materik platformalarining okeanga qaragan chekkalaridan iborat. Choʻmilish mumkin.
Tinch okean geosinklinal mintaqasiga, asosan, yuqori paleozoy, mezozoy, kaynozoyning hozirgi zamon yotqiziqlarini oʻz ichiga oladi. Mintaqaning tashqi halqa boʻyicha oʻz 56000 km atrofida; eni bir necha yuz km dan, 3— 5 ming km gacha.
Tinch okean geosinklinal mintaqasiga atroflarida 2 xil strukturaviy qism: ulardan biri ortdagi — yer poʻstining materikli tuzilishi bilan xarakterlanadi va geosinklinal burmalanish oblastlarida hosil boʻladi; boshqasi esa, roʻparadagi — okean qaʼrini oʻrab olgan strukturali zonalardan hosil boʻlgan, ularda materik poʻsti hali shakllanmagan. Okean oʻzaniga yaqinlashgan sari, tektonik zonalar yosharib boradi va shunga muvofiq materikli oblastlarning oʻsishi yuzaga keladi. Tinch okean geosinklinal mintaqasi atroflarida Yerning „olovli halqasi“ joylashgan boʻlib, yosh vulqonlar halqasi andezit tarkibli vulqon otilishining mahsuli; ularga seysmik jarayonlarning kuchli namoyondalari, jumladan, epitsentri 700 km chuqurlikda boʻlgan yer qimirlashlar toʻgʻri keladi. Tinch okean geosinklinal mintaqalarida foydali qazilma konlarini konsentratsiyasi Yer poʻstining tutash uchastkalaridagiga nisbatan keskin koʻtarilgan boʻladi. Tinch okean geosinklinal mintaqasining materik qismida oltin, kumush, qalay, volfram, polimetall, okean oldi qismida esa, mis, temir, xromit, nikel, platina va oltin rudalari konlari tarqalgan. Simob konlari vulqonli mintaqalar bilan bogʻliq. Tinch okean geosinklinal mintaqasiga yirik neft-gaz konlari ham toʻgʻri keladi. Ularning bir guruhi mintaqa chegarasida qad. platformalar tutashgan joylarda (Yuqori Yana bukilmasi, Shimoliy va Janubiy Amerika bukilmalari), boshqasi — quyi kaynozoy choʻkindilari bilan toʻldirilgan chuqur bukilmalar (Saxalin, Kaliforniya, Kalimantan va boshqalar)da joylashgan. Neft-gaz resurslarining katta qismi chekka dengiz suvlari ostiga yashiringan. Tinch okean geosinklinal mintaqasi yerning eng faol harakatdagi seysmik va vulqonli mintaqasi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |