Til belgisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Til belgisi — predmet, xossa va munosabatni ifodalovchi moddiyideal qosila; ikki jihat —ifoda va mazmun jihatiga ega birlik. Til belgisi majmui belgili tizim — tilni tashkil kiladi. Til belgisining ifoda (tashqi, moddiy, ifodalovchi) va mazmun (ichki, maʼno, ifodalanuvchi) jihatlari dialektik munosabatda boʻlib, asimmetriya krnuni doirasida amal qiladi. Til belgisi deganda, soʻzni emas, balki gapni tushunmoq kerak. Chunki gapgina nisbatan tugal fikrni ifodalaydi. Shunga asoslanib, gapni toʻliq belgi, soʻzni esa notulik, (yarim belgi) deyish mumkin. Tilning toʻliq belgisi (ran) ham, notoʻliq belgisi (soʻz) ham boshqa belgilardan (mas., yoʻl harakati belgilaridan) deyarli farq qilmaydi, biroq til semantik tizim sifatida boshqa belgilardan ifoda jixatiga koʻra ham, mazmun jihatiga koʻra ham tubdan farq qiladi. Uzining koʻp maʼnoliligi bilan ajralib turuvchi notoʻliq belgi — soʻzlarning cheklangan miqdoridan bir maʼnoli toʻliq belgi (ran) — fikrlarning cheklanmagan miqsori hosil qilinadi.