Tikandumlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tikandumlilar (Uromastix) -agamasimonlar oilasi urugʻi. 15 (baʼzi manbalarga koʻra 8) turi bor. Shimoliy Afrika, Osiyoning jan.gʻarbida tarqalgan. Tanasining uz. 75 sm gacha (dumi bilan birga). Dumi oʻtkir uchli va katta tikanli tangachalar bilan qoplangan (nomi qam shundan). 4 m gacha uzunlikda in qaziydi. 4— 20 tuxum qoʻyadi. Sahrolarda yashaydi. Oʻsimlik bargi, guli, urugʻ va mevalari bilan oziqlanadi. Goʻshtini mahalliy xalq isteʼmol qiladi.