Tigre (til)
Qiyofa
![]() | Ushbu sahifani Tigre tiliga qayta nomlash taklif etiladi.
Biror maqolani qayta nomlashga taklif qilishda, iltimos, andozasidan foydalaning. Havolalar: koʻchirish qaydlari • taklif etilgan nomga koʻchirish |
Tigre — som tillari oilasining efiopsom tarmogʻiga mansub til; Eritreya va Sudan davlatlarida tarqalgan. Unda 1,2 mln. dan ortiqroq kishi soʻzlashadi. Asosiy laxjalari: mensa, bogos, loggo va boshqa Fonetika va morfologiya sohasida som tillariga xos umumiy xususiyatlarni saqlab qolgan boʻlsada, bir qator tovushlarning yoʻqolishi, pozitsiyasi va talaffuzining oʻzgarishi, ayrim yuklamalarning paydo boʻlishi bilan ajralib turadi. Morfologiyasining asosiy belgilaridan biri otlarning fleksiya orqali hosil boʻladigan siniq koʻplikning juda koʻp qoliplari mavjudligidir. Yozuvi toʻliq shakllanmagan, baʼzi zarur hollarda efiop yozuvidan foydalaniladi.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |