Tiflopedagogika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tiflopedagogika (yun. typhlos koʻr va pedagogika) — defektologiyaning koʻr va zaif koʻruvchi bolalarni oʻqitish, tarbiyalash hamda ularni mehnatga tayyorlash masalalarini ishlab chiquvchi sohasi. Bolalarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishni, umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlishlarini, hayot va mehnatga tayyorlashni maqsad qilib qoʻyadi. T. koʻr va zaif koʻruvchi bolalar uchun taʼlimni takomillashtirish yoʻllarini, oʻquvtarbiya jarayonini tashkil etish metodlarini, maxsus maktab hamda maktabgacha muassasalar tuzilmasini, ularning taʼlimtarbiyasining tashkiliy shakllarini ishlab chiqadi. T.ning eng muhim vazifasi bolalarda saklanib qolgan koʻrish imkoniyatlaridan oʻqish jarayonida toʻgʻri foydalanish va uni rivojlantirish, koʻrish imkoniyatlarini saqlash uchun sharoit vujudga keltirish, taʼlimning texnika vositalarini qoʻllashdan iborat.

T. umumiy va maxsus ped., psixologiya, fiziologik optika, oftalmologiya, pediatriya, maktab gigiyenasi, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, tilshunoslik, tiflotexnika fani maʼlumotlariga suyanadi. Oʻzbekistonda 2002/03 oʻquv yili koʻrlar uchun 8 (1,4 ming oʻquvchi), zaif koʻradigan bolalar uchun 3(0,6 ming oʻquvchi) maktab ishladi.