Tibetlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tibetlar, tibetliklar (oʻzlarini — pyoba deb ataydilar) — xalq, Tibetnnsh: asosiy tub aholisi. T.ning deyarli barchasi XXR (Tibet avtonom rni, Gansu, Sinxay, Sichuan, Yunnan viloyatlari)da, bir qismi Hindiston, Nepal, Butanda yashaydi. Umumiy soni 4,83 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Tibet tilinsht turli shevalarida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, buddaviylar. Mil. 7-asrning 1yarmidan T. yozuvga ega. Qadimdan kitob bosib chiqarish (ksilografiya) mavjud. T.ning ajdodlari jun va syan qabilalari (mil. av. 2ming yillik oxiridan maʼlum) boʻlgan; syanlar T. etnogenezining asosiy negizini tashkil kilib, turli davrlarda xitoylar, turkiylar, saklar va boshqalarga mansub etnik guruxdarni oʻziga singdirgan. Mashgʻulot turiga qarab T. togʻlik oʻtroq dehqonlar (T. ning yarmidan ortigʻi), yarimoʻtroq dehqonchorvadorlar va koʻchmanchichorvadorlarga (asosan, yak, ot, qoʻy va echkilar) boʻlinadi. Hunarmandchilik (kulolchilik, toʻqimachilik, metallni qayta ishlash) taraqqiy etgan. T. orasida yakin vaqtlargacha poliandriya va poliginiya saklanib qolgan.