Tibbiyot deontologiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tibbiyot deontologiyasi - tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, doridarmon, umuman davoning taʼsirini oshirishga karatilgan xulqatvor taomillari. Deontologiya, yaʼni kishining xulqi, odobi haqidagi tushuncha 16-asrning boshlarida ingliz faylasufi va iqtisodchisi I. Bentam tomonidan taomilga kiritilgan. Tibbiyot deontologiyasiga oid maʼlumotlar uzoqtarixga ega. Aslida, Tibbiyot deontologiyasi keng falsafiy mazmunga ega boʻlib, bir qancha yoʻnalishlardan iborat:— shifokor bilan bemor oʻrtasidagi;— shifokor bilan bemorning yaqin kishilari oʻrtasidagi munosabat;— shifokorning gʻamkasblari bilan munosabati va h.k.

Tibbiyot deontologiyasiga vrachning sir saklashi, bemorning hayoti va sogʻligʻi uchun tibbiyot xodimining javobgarligi, tibbiyot xodimlarining oʻzaro munosabati masalalari va boshqa kiradi. Tibbiyot deontologiyasiga muvofiq, tibbiyot xodimi bemorga katta eʼtibor berishi, uning sogʻligʻini tiklash yoki azobini yengillatish uchun butun bilimini sarflashi, bemorga uning sogʻligʻi haqidagi faqat foyda keltira oladigan maʼlumotlarni aytishi (qarang Psixoterapiya), bemorning vrach bilan sirdosh boʻlishiga erishuvi zarur. Bemorning kasalligi haqida uning ishtirokida hamkasblari bilan soʻzlashishi yaramaydi.

Tibbiyot deontologiyasining tibbiyot amaliyotida toʻgʻri joriy qilinishi, shifokorning ongi, saviyasi, madaniyati, dunyoqarashi, bilim va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan chambarchas bogʻliq. Kishilik jamiyatining turli davrlarida deontologik munosabatlar turlicha kechgan, u zamon talabiga moye ravishda oʻzgarib borgan.

Tibbiyot deontologiyasi tibbiyot xodimlaridan yuksak insoniy fazilatlar, sofdillik, ziyraklik, odamiylik va boshqalarga ega boʻlishni taqozo etadi. Tibbiyot deontologiyasi xalqaro kodeksini Xalqaro vrachlar jamiyati tasdikdagan (1949, Jeneva). Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot intini bitiruvchilar "Oʻzbekiston shifokori"ning qasamyodini qabul qiladilar (1996 yildan).

Adabiyot[tahrir]

  • Qosimov E. Y., Shifokorning nutq madaniyati va bemor bilan muloqot sanʼati, T., 2002.