Thompson pistolet-pulemyoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Thompson pistolet-pulemyoti (inglizcha: Thompson submachine gun) — 1918-yilda Jon Tagliaferro Thompson tomonidan ixtiro qilingan amerika pistolet-pulemyoti. Ushbu qurol AQSHdagi „quruq qonun“ davrida oʻzining mashhurligini qozonib, nafaqat politsiya xodimlari, balki Amerikaning turli jinoiy guruhlari aʼzolari orasida ham eng keng tarqalgan va sevimli qurolga aylangan[1]. U bir qator taxalluslar tufayli mashhur boʻldi — „Tommy-gun“ (inglizcha: Tommy Gun)[2], „Yoʻq qiluvchi“ (inglizcha: Annihilator), „Chikago yozuv mashinkasi“ (inglizcha: Chicago Typewriter)[2], „Chikago pianinosi“ (inglizcha: Chicago Piano), „Chikago Stayl“ (inglizcha: Chicago Style), „Chikago organ maydalagichi“ (inglizcha: Chicago Organ Grinder), „Xandaq supurgisi“ (inglizcha: Trench Broom)[3][2], „Xandaq tozalovchisi“ (inglizcha: Trench Sweeper), „Chopper“ (inglizcha: The Chopper) va oddiygina „Tompson“ (inglizcha: The Thompson) taxallusi bilan[4][5][6][7][8].

Tompson harbiylar, politsiya, Federal tekshirishlar byurosi va uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan .45 ACP patroni, aniqligi va otish tezligi balandligi kabi yaxshi tomonlari uchun qadirlangan. Qurol kolleksionerlari orasida u oʻzining tarixiy ahamiyati tufayli mashhurlikka erishdi: bu qurol Qoʻshma Shtatlardagi „quruq qonun“ davrida yoki Ikkinchi Jahon urushi davrida yaratilgan mashhur madaniyat asarlarida mashhur boʻldi, shuningdek, dunyodagi eng mashhur oʻqotar qurollaridan biriga aylandi. Hozirgi vaqtda Tompsonning faqat samozaryad versiyalari Auto-Ordnance kompaniyasi tomonidan fuqoro aholilar uchun ishlab chiqariladi, ularning modifikatsiyalari AQSh o'qotar qurollar qonuniga toʻgri keladi(ingl.).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bearse 1994.
  2. 2,0 2,1 2,2 Попенкер, Милчев 2014.
  3. Попенкер, Милчев 2008.
  4. Charles H. Smith. „The Thompson Submachine Gun (A Brief History of Auto-Ordnance Corp.)“ (en). 2008-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-avgust.
  5. Gary James. „Development of the Thompson Submachine Gun“ (en) (1996–2006). 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-mart.
  6. „The Chicago Typewriter“ (en). My Al Capone Museum. 2021-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-avgust.
  7. National Rifle Association - Institute for Legislative Action (NRA-ILA). „Issues: The Late 19th Century“ (en). 2008-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-avgust.
  8. Willbanks 2004.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ingliz tilida[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bonn International Center for Conversion. Thompson M1928, SALW Guide: Global distribution and visual identification, 2017. 

Boshqa tillarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Romain Rainero, Antonello Biagini. L’Italia in guerra: Il 6° anno, 1945. Commissione italiana di storia militare, 1996. 
Jean Huon. Les pistolets-mitrailleurs Thompson. Barnett Editions, Editions Crepin-LeBlond, 1995. 
Ronaldo Olive. Guia Internacional de Submetralhadoras. Editora Magnum Ltda, 1996. 
Χρηστος Σαζανιδης (Christos Sazanidis). Τα όπλα των Ελλήνων. Θεσσαλονίκη: Μαίανδρος, 1995. ISBN 978-960-90213-0-2. 
Manuel du Grade TTA 116. Berger-Levrault, 1956.