Thomas Hitzlsperger
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Thomas Hitzlsperger[1] | ||
Tavallud sanasi | 5-aprel 1982-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Munich, Shimoliy Germaniya | ||
Boʻyi | 1.84 m[2] | ||
Ampluasi | yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1988—1989 | VfB Forstinning | ||
1989—2000 | Bayern Munich | ||
2000—2001 | Aston Villa |
Thomas Hitzlsperger (talaffuzi: Tomas Xitzlsperger; 1982-yil 5-aprelda Germaniyaning Myunxen shahrida tugʻilgan) — nemis yarim himoyachisi, Germaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempionatining bronza medali sovrindori va Yevropa kubogi vitse-chempioni[3]. 2005-yilning yozida Thomas Hitzlsperger erkin agent sifatida Germaniya Bundesligasining „Stuttgart“ futbol klubiga oʻtdi va u yerda darhol asosiy jamoaning oʻyinchisiga aylangan. 2008-yilning iyul oyidan 2009-yilning dekabr oyigacha „Stuttgart“ futbol klubi sardori boʻlgan. 2006—2007-yilgi mavsumda futbolchi Germaniya chempioni boʻlgan.
Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Thomas Hitzlsperger Germaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi sardori edi. U Germaniya yoshlar terma jamoasida ham oʻynab, 20 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan. U asosiy Germaniya terma jamoasidagi birinchi oʻyinini 2004-yil 9- oktabrda Eron terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. U terma jamoadagi ilk golini 2006-yilning 6-sentabrida San-Marinoga qarshi o‘yinda kiritgan. Thomas Hitzlsperger 2010-yilgacha asosiy terma jamoada oʻynagan. Shu vaqt ichida Germaniya terma jamoasi tarkibida Thomas Hitzlsperger 2005-yilgi Konfederatsiyalar kubogining bronza medali, 2006-yilgi jahon chempionatining bronza medali va 2008-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. Thomas Hitzlsperger Germaniya terma jamoasi libosida jami 52 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urgan.
Faoliyatini tugatgandan soʻng[tahrir | manbasini tahrirlash]
2016-yil 5-iyun kuni Thomas Hitzlsperger 2015—2016-yilgi mavsum yakunida „Stuttgart“ futbol klubi boshqaruv jamoasiga qo‘shildi[4]. U klubdagi futbol maktabini boshqargan, 2019-yilda esa sport direktori lavozimini egallagan[5].
Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa | Mamlakat | Mavsum |
---|---|---|
Aston Villa FC | ![]() |
2001—2005 |
Chesterfield FC (ijara) | ![]() |
2001 |
VfB Stuttgart | ![]() |
2005—2010 |
Società Sportiva Lazio | ![]() |
2010 |
West Ham United | ![]() |
2010—2011 |
VfL Wolfsburgo | ![]() |
2011—2012 |
Everton FC | ![]() |
2012—2013 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Germany“. FIFA (21-mart 2014-yil). 10-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Thomas Hitzlsperger Profile“ (en). Premier League. Qaraldi: 15-aprel 2020-yil.
- ↑ V russkoyazichnix SMI (v chastnosti, na sayte http://www.championat.ru) chasto ispolzuetsya variant Xitslshperger, odnako v Germanii Tomasa nazivayut imenno Xitslspergerom.
- ↑ Xitslsperger zanyal post v rukovodstve „Shtutgarta“
- ↑ Thomas Hitzlsperger replaces Michael Reschke