Theo Peckham

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Theo Peckham
Peckham Edmonton Oilers klubida 2012-yil
Tugʻilgan joyi 10-noyabr 1987-yil (1987-11-10) (36 yosh)
Richmond Hill, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 246 lb (112 kg; 17 st 8 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Oʻynagan jamoalari Edmonton Oilers
HC ’05 Banská Bystrica
Rødovre Mighty Bulls
NHLga kirish drafti 75-oʻrindagi tanlov, 2006
Edmonton Oilers
Jamoalardagi faoliyat 2007—2016

Theo „Teddy“ Peckham (talaffuzi: Teo "Teddi" Pekxem) (1987-yil 10-noyabrda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi. Theo Peckham hozirda WOAAning "Saugeen Shores Winterhawks" xokkey klubi bilan shartnoma imzolagan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Theo Peckham xokkey shon-sharaf zaliga kiritilgan birinchi ayol xokkeychilardan biri Anjela Jamesning oʻgay ukasi hisoblanadi. Ularning otasi Leo James irqiy segregatsiyadan qutulish uchun Mississippi shtatidan Kanadaga koʻchib kelgan afro-amerikalik edi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Theo Peckham „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga 2006-yilda NHLga kirish loyihasida 75-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Theo Peckham oʻzining NHLdagi debyutini 2008-yil 7-martda „Oilers“ klubida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubiga qarshi oʻtkazdi.

Theo Peckham NHLdagi ilk ochkosini 2010-yilning 2-martida „Nashville Predators“ xokkey klubiga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritdi[1].

Theo Peckhamning NHLdagi birinchi goli keyingi mavsumda 2010-yil 11-noyabrda "Detroit Red Wings" xokkey klubi qarshi oʻyinda urilgan.

2011-yilning 4-iyulida Theo Peckham „Oilers“ klubi bilan yana bir yillik shartnomaga imzo chekdi[2].

2012-yil 16-iyulda „Oilers“ klubi Theo Peckham bilan yana bir yillik shartnoma imzoladilar. NHL lokavti paytida, 2012-yil 5-noyabrda Theo Peckham oʻzining oʻyin mahoratini saqlab qolish uchun ECHLning "San Francisko Bulls" xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi[3].

2013-yilning 19-iyulida Theo Peckham "Chicago Blackhawks" xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi[4]. Theo Peckham 2013-2014-yilgi mavsum davomida klubning AHL filiali "Rockford IceHogs" xokkey klubi safida maydonga tushdi.

2014-yilning 11-oktyabrida Theo Peckham ECHL vakili "Wichita Thunder" xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Andrew Martensning nafaqaga chiqishi bilan Theo Peckham 2014—2015-yilgi mavsumni ochish uchun jamoa sardori etib saylandi[5]. Shundan soʻng, Theo Peckham 2014-yilning 31-dekabrida Slovakiyaning Extraligasi vakili „HC ’05 Banská Bystrica“ xokkey klubi bilan shartnoma tuzishga rozi boʻldi. Keyin Theo Peckham 2015-yil 27-yanvarda Daniya Metal Ligaen vakili "Rødovre Mighty Bulls" xokkey klubi maydonga tusha boshladi.

Theo Peckham keyin WOAA vakili "Saugeen Shores Winterhawks" xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi[6][7].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2003—2004 North York Rangers OPJHL 29 1 4 5 44
2004—2005 Owen Sound Attack OHL 61 1 9 10 209 8 0 0 0 8
2005—2006 Owen Sound Attack OHL 67 6 9 15 236 11 1 6 7 32
2006—2007 Owen Sound Attack OHL 53 10 25 35 173 4 0 1 1 0
2007—2008 Springfield Falcons AHL 59 6 7 13 174
2007—2008 Edmonton Oilers NHL 1 0 0 0 2
2008—2009 Springfield Falcons AHL 47 6 13 19 107
2008—2009 Edmonton Oilers NHL 15 0 0 0 59
2009—2010 Springfield Falcons AHL 37 0 6 6 106
2009—2010 Edmonton Oilers NHL 15 0 1 1 43
2010—2011 Edmonton Oilers NHL 71 3 10 13 198
2011—2012 Edmonton Oilers NHL 54 1 2 3 80
2012—2013 San Francisco Bulls ECHL 4 0 0 0 11
2012—2013 Edmonton Oilers NHL 4 0 0 0 6
2012—2013 Oklahoma City Barons AHL 4 0 1 1 29
2013—2014 Rockford IceHogs AHL 45 0 6 6 100
2014—2015 Wichita Thunder ECHL 26 2 6 8 46
2014—2015 HC ’05 Banská Bystrica Slovak 5 0 1 1 8
2014—2015 Rødovre Mighty Bulls DNK 4 0 2 2 0 5 0 0 0 6
2015—2016 Wichita Thunder ECHL 16 0 0 0 37
2016—2017 Saugeen Shores Winterhawks WOAA 18 5 10 15 86 11 0 4 4 12
2017—2018 Hamilton Steelhawks ACH 20 4 12 16 43 5 0 3 3 32
2018—2019 Hamilton Steelhawks ACH 23 1 7 8 64 6 1 0 1 6
2019—2020 Saugeen Shores Winterhawks WOAA 10 2 7 9 18 3 0 1 1 4
AHL jami 192 12 33 45 516
NHL jami 160 4 13 17 388

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Theo Peckham #24 - D, TSN, qaraldi: 2009-02-18
  2. Oilers sign defenceman Peckham to one-year extension, TSN, qaraldi: 2011-07-04[sayt ishlamaydi]
  3. Bulls Add Edmonton Oilers Defenseman Theo Peckham, SFBulls, 2013-02-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-05
  4. Blackhawks agree with LeBlanc, Peckham, Kostka, National Hockey League, 2013-07-18, qaraldi: 2013-07-19
  5. „Thunder sign former NHL'er Theo Peckham“. Wichita Thunder (2014-yil 11-oktyabr). 2014-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.
  6. „Winterhawks add former NHLer Theo Peckham“. saugeenshoreshub.ca (2016-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-fevral.
  7. „Winterhawks notch two weekend wins“. shorelinebeacon.com (2016-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-fevral. [sayt ishlamaydi]