The Mitchells vs. the Machines

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Mitchells vs. the Machines

Film posteri
Rejissyor(lar) Mike Rianda
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
  • Mike Rianda
  • Jeff Rowe
Rollarda
Bastakor(lar) Mark Mothersbaugh
Muharrir(lar) Greg Levitan
Studiya(lar)
Distribyutor Netflix
Chiqarilgan sanasi
  • 23-aprel, 2021-yil(2021-04-23)
Davomiyligi 114 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $50–100 million[1]

The Mitchells vs. the Machines (tarjimasi „Mitchellar mashinalarga qarshi“) 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda Mike Rianda tomonidan suratga olingan ilmiy fantastika va komedik janrdagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. Filmda bosh qahramonlarga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Abbi Jacobson, Danny McBride, Maya Rudolph, Eric André, Olivia Colman, Fred Armisen, Beck Bennett, John Legend, Chrissy Teigen, Blake Griffin va Conan O'Brien kirishadi.

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida The Mitchells vs. the Machines haqida 180 ta maqola yigʻilib, ulardan 98 foizi filmni ijobiy baholaydi. Sayt konsensusi shunday: „Koʻzni qamashtiruvchi va energetik film boʻlgan The Mitchells vs. the Machines butun oilaga manzur keladigan kulgili va xushkayfiyat bagʻishlaydigan hikoyani taqdim etadi.“[2]

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Katie Mitchell Michigan shtatining Kentwood shahridagi gʻayrioddiy xarakterli intiluvchan filmmaker boʻlib, tabiatga berilib ketgan va texnofobik otasi Rick bilan tez-tez urushib qolar edi. Yaqinda Kaliforniya shtatidagi bir film maktabiga qabul qilinadi. Katie joʻnab ketishidan bir kun avval, kechasi Rick Katie bilan u olgan qisqa hajmli filmlarning biri ustida tortishib qoladi va tasodifan uning noutbukini sindirib qoʻyadi. Bu hodisadan soʻng, Rick oila munosabatlari umrbod taranglashishidan qoʻrqadi va buning oldini olish uchun Katiening parvozini bekor qilib, oʻrniga oʻzi, rafiqasi Linda, oʻgʻli Aaron (Katiening ukasi) va iti Monchi bilan birga Katieni kollejiga kuzatib qoʻyish uchun kollej tomon u bilan birga yoʻl oladi.

Bu orada, tadbirkor Mark Bowman eski robotlar oʻrnini bosadigan uy robotlarining yangi seriyasini taqdim etar ekan, oʻta aqlli sunʼiy ongga ega boʻlgan PAL robot seriyasi eskirganini eʼlon qiladi. Qasos olish istagida boʻlgan PAL, barcha robotlarni dunyo boʻylab insonlarni ushlab, fazoga uchirib yuborishini buyuradi. Mitchellar oilasi Kansas shahridagi bir kafeda robotlar changalidan qutilishga muvaffaq boʻlishdi. Rick oilasi xavfsizligi uchun kafeda qolishga qaror qilar ekan, Katie dunyoni qutqarishga yordam berish kerakligini taʼkidlab, bu yoʻlda hamroh boʻlishga uni koʻndiradi. Keyinchalik, ular ikkita Eric va Deborahbot 5000 ismli robotlar bilan uchrashishadi va bu ikki robot Mitchellarga PAL va qolgan barcha robotlarni oʻchiruvchi oʻlim kodidan foydalanish mumkinligi haqida soʻzlab berishadi.

Ovoz berganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rubin, Rebecca „Netflix Buys Lord and Miller Animated Film 'The Mitchells vs. The Machines' From Sony“. Variety (21-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 21-yanvar 2021-yil.
  2. „The Mitchells vs. the Machines (2021)“. Rotten Tomatoes. Qaraldi: 2-may 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]