Sunʼiy ong

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Sunʼiy ong ilovalarini qoʻllash inson ongini kundan-kunga rivojlantirish yoʻlida bosqichma-bosqich rivojlanmoqda.

Sunʼiy ong, sunʼiy intellekt yoki sunʼiy idrok (inglizcha: Artificial intelligence; odatda, AI sifatida ham qisqartiriladi) — insonlar yoki hayvonlar tomonidan koʻrsatiladigan tabiiy ongdan farqli oʻlaroq, mashinalar tomonidan koʻrsatiladigan ongdir. Yetakchi sunʼiy ong darslik kitoblari bu sohani „ongli agentlar“ni oʻrganish deya taʼriflaydi: oʻz muhitini fahmlaydigan va maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish imkoniyatini maksimal darajada oshiradigan amallarni amalga oshiruvchi har qanday sistema. Xalq orasida „sunʼiy ong“ atamasi koʻpincha „oʻrganish“ va „muammolarni yechish“ kabi inson idroki bilan bogʻlaydigan „kognitiv“ funksiyalarni taqlid qiladigan mashinalarni tasvirlashda ishlatiladi, biroq bu taʼrifni yirik sunʼiy ong tadqiqotchilari rad etishadi.

Sunʼiy ong ilovalari yetuk web-qidiruv tizimlari (masalan, Google), tavsiya etuvchi tizimlar (bundan YouTube, Amazon va Netflix foydalanadi), inson nutqini anglash (masalan, Siri yoki Alexa), oʻziyurar mashinalar (masalan, Tesla) hamda strategik oʻyin tizimlarida (masalan, shaxmat va Go) yuqori darajada raqobatlashishni oʻz ichiga oladi.[1] Mashinalar tobora koʻp qobiliyatlarga ega boʻlib borishar ekan, „ong“ talab etuvchi vazifalar koʻpincha sunʼiy ong effekti deb ataluvchi fenomen boʻlgan sunʼiy ong taʼrifidan olib tashlanadi.[2]

Sunʼiy ong kelajagi[tahrir]

Super ong[tahrir]

Super ong, giperong yoki super-inson ongi — bu eng iqtidorli insonnikidan ancha yuqori idrokka ega boʻlgan gipotetik agentdir. Super ong, shuningdek, bunday agentga ega boʻlgan intellekt shakli yoki darajasiga ishora qilishi ham mumkindir.[3]

Texnologik singulyarlik[tahrir]

Agar sunʼiy umumiy ong boʻyicha tadqiqotlar yetarli darajada idrokka ega boʻlgan dasturiy taʼminot ishlab chiqara olsa, bunda u oʻzini qayta dasturlashi hamda yaxshilashi mumkin boʻladi.

Manbalar[tahrir]

Qoʻshimcha adabiyotlar[tahrir]

. MIT Technology Review (29-Dekabr 2014-yil).

  • Sun, R. & Bookman, L. (eds.), Computational Architectures: Integrating Neural and Symbolic Processes. Kluwer Academic Publishers, Needham, MA. 1994.
  • Taylor, Paul, „Insanely Complicated, Hopelessly Inadequate“ (review of en:Brian Cantwell Smith, The Promise of Artificial Intelligence: Reckoning and Judgment, MIT, 2019, ISBN 978-0262043045, 157 pp.; en:Gary Marcus and Ernest Davis, Rebooting AI: Building Artificial Intelligence We Can Trust, Ballantine, 2019, ISBN 978-1524748258, 304 pp.; en:Judea Pearl and Dana Mackenzie, The Book of Why: The New Science of Cause and Effect, Penguin, 2019, ISBN 978-0141982410, 418 pp.), en:London Review of Books, vol. 43, no. 2 (21-Yanvar 2021-yil), pp. 37–39. Paul Taylor writes (s. 39): „Perhaps there is a limit to what a computer can do without knowing that it is manipulating imperfect representations of an external reality.“
  • Tooze, Adam, „Democracy and Its Discontents“, en:The New York Review of Books, vol. LXVI, no. 10 (6-Iyun 2019-yil), pp. 52–53, 56-57. „Democracy has no clear answer for the mindless operation of bureaucratic and technological power. We may indeed be witnessing its extension in the form of artificial intelligence and robotics. Likewise, after decades of dire warning, the [environmental problem remains fundamentally unaddressed…. Bureaucratic overreach and environmental catastrophe are precisely the kinds of slow-moving existential challenges that democracies deal with very badly…. Finally, there is the threat du jour: corporations and the technologies they promote.“ (s. 56-57.)

Havolalar[tahrir]

  • Sunʼiy ong. Internet Encyclopedia of Philosophy. (ingl.)
  • Thomason, Richmond. „Logic and Artificial Intelligence“. In Zalta, Edward N. (nash.). Stanford Encyclopedia of Philosophy.
  • Sunʼiy ong, BBC Radio — John Agar, Alison Adam & Igor Aleksander (In Our Time, 8-dekabr 2005-yil) (ingl.)