Thérèse Brisson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Thérèse Brisson
Tugʻilgan joyi 5-oktyabr 1966-yil (1966-10-05) (57 yosh)
Dollard-des-Ormeaux, Quebec, Kanada
Boʻyi 5 ft 7 in (170 cm)
Ogʻirligi 150 lb (68 kg; 10 st 10 lb)
Pozitsiyasi Himoya
Milliy jamoa  Kanada
Jamoalardagi faoliyat 1993—2005
Medallari va yutuqlari
Kanada bayrogʻi Kanada vakili
Olimpiada oʻyinlari
Oltin 2002 Salt Lake City Turnir
Kumush 1998 Nagano Turnir
IIHF Xalqaro ayollar chempionati
Oltin 1994 AQSh Turnir
Oltin 1997 Kanada Turnir
Oltin 1999 Finlandiya Turnir
Oltin 2000 Kanada Turnir
Oltin 2001 AQSh Turnir
Oltin 2004 Kanada Turnir

Tereza Brisson (talaffuzi: Terezza Brisson; 1966-yil 5-oktabrda tugʻilgan) — kanadalik sobiq xokkeychi. Brisson 1993-yildan 2005-yilgacha Kanada milliy ayollar xokkey jamoasida oʻynagan[1]. 2002-yilda Salt Lake City shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida Kanada jamoasining oltin medalni qoʻlga kiritgan ikkita eng keksa aʼzosidan biri edi. Kanada safida 1994, 1997, 1999, 2000 va 2001-yillarda jahon chempionatida ishtirok etgan[2]. 1998-yilda Yaponiyaning Nagano shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brisson Québec provinsiyasidagi liganing Régionale du Hockey au Féminin jamoasida Ferland Quatre Glaces (avval Brossard, keyin esa Repentigny)da kurashgan[3]. Monrealdagi Konkordiya universitetida kinesiologiya boʻyicha oʻqigan, 1988 va 1989-yillarda yilning eng yaxshi sportchisi deb topilgan[2] va 1997-yilda Konkordiya universitetining sport shon-shuhrat zaliga kiritilgan. 1994-yilda Brisson Kanada terma jamoasida Jahon chempionatida debyut qildi va Manon Rhéaume, Cassie Campbell-Pascall, Geraldine Heaney va France St-Louis kabi kuchlilar bilan birga oʻynadi. Turnirda All-Star himoyachisi nomini oldi. Brisson 1999, 2000 va 2001-yillarda jahon chempionatida Kanada terma jamoasi sardori boʻlgan[2]. Brisson New Brunswick jamoasini 1998-yilda Esso ayollar xokkey milliy terma jamoasida himoya qilgan. U bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Saskatchewan jamoasini magʻlub etib va beshinchi oʻrinni egallashdi[4].

2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Brisson barcha kanadalik himoyachilarda turnirda gol urish boʻyicha ustunlik qilgan. Brisson Kanadaga ayollar olimpiya xokkeyida birinchi oltin medalini qoʻlga kiritish yoʻlidada ikkita gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi[2].

Brisson, shuningdek, Milliy ayollar xokkey ligasida professional ayollar xokkey jamoasi boʻlgan Montreal Axionda bir necha mavsum oʻynadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olimpiadadan soʻng Torontodagi York universitetida magistrlik darajasini oldi. Brisson New Brunswick universitetida kinesiologiya boʻyicha sobiq professor edi. 2010-yildan boshlab Brisson Procter & Gamble Kanada kompaniyasining marketing boʻyicha menejeri boʻldi. Shuningdek, Kanada Olimpiya qoʻmitasining boshqaruv aʼzosi[5].

Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1988-yil Konkordiya universitetida yilning eng yaxshi ayol sportchisi (Sally Kemp mukofoti)
  • 1989-yil Konkordiya universitetida yilning eng yaxshi ayol sportchisi (Sally Kemp mukofoti)[6]
  • Eng yaxshi himoyachi, 1998-yil Esso Nationals[7]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Women's Hockey, All-Time Alphabetical roster“. Hockey Canada. Qaraldi: 18-iyun 2010-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Canadian Gold 2002, p. 115, Andrew Podnieks, Fenn Publishing Company Ltd, Bolton, Ontario, Canada, 2002.
  3. On the Edge: Women Making Hockey History, p.132, by Elizabeth Etue and Megan K. Williams, Second Story Press, Toronto, Ontario, 1996, ISBN 0-929005-79-1
  4. „Alberta downs Ontario 3–2 in Overtime in Gold Medal Final to win 1998 Esso Women's Nationals Hockey Championship“. Hockey Canada (22-mart 1998-yil). Qaraldi: 28-iyun 2010-yil.
  5. „Where are they now? Therese Brisson“. Hockey Canada. Qaraldi: 19-iyun 2010-yil.
  6. „Concordia Athletes of the Year“ (inglizcha). stingers.ca/. Qaraldi: 19-iyul 2021-yil.
  7. „Alberta downs Ontario 3–2 in Overtime in Gold Medal Final to win 1998 Esso Women's Nationals Hockey Championship“. Hockey Canada (22-mart 1998-yil). Qaraldi: 28-iyun 2010-yil.