Tezlatkichlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tezlatkichlar (yadro fizikasi da) — elektr maydoni yordamida yuqori energiyali zaryadlangan zarralar (elektronlar, protonlar, atom yadrolari va boshqalar) olish uchun moʻljallangan qurilmalar. Zarralar qurilmaning vakuum kamerasida harakatlanadi; ularning harakati (trayektoriyasi shakli)ni magnit maydoni (baʼzan, elektr maydoni) bilan boshkarib turiladi. Zarralarning trayektoriyasiga kura, T. siklik va chiziqli, tezlatuvchi elektr maydoni xarakteriga koʻra, rezonans va norezonans turlarga boʻlinadi (norezonans T.ning induksion va yuqori voltli xillari bor). Siklik T. jumlasiga elektronlar T.i (betatron, mikrotron, sinxrotron) va ogʻir zarralar (protonlar va boshqalar) T.i (sinxrofazotron, fazotron, siklotron) kiradi. Betatrondan boshqa barcha siklik T. rezonans T. hisoblanadi. Yuqori voltli chizikli T. energiyasi 30 MeV boʻlgan jadal zarralar dastasini hosil qiladi. Eng yuqori (20 GeV) energiyali elektronlarni rezonans T., eng yuqori (500 GeV) energiyali protonlarni sinxrofazotronlar hosil qiladi. Birlamchi tezlatilgan zarralar dastasidan tashqari, T. birlamchi zarralarni moddalar bilan oʻzaro taʼsiridan hosil boʻluvchi ikkilamchi zarralar (mezonlar, neytronlar, fotonlar va boshqalar) dastasi manbai ham hisoblanadi. Uzbekistanda ionlar, protonlar va geliy ionlaridan tashkil topgan 209 MeV li U115M tezlatkichlar, shuningdek, 14 MeV li NG150 tez neytronli tezlatkichgenerator, 50 MeV li SB50 katta tokli betatron, tok kuchi 20 MkA va energiyasi 2 MeV li EG2 elektrostatik generator va tok kuchi 10 mkA, quvvati 22 MeV li MT22S mikrotron mavjud.

T. hozirgi zamon fizikasining asosiy qurilmalaridan biri. Yuqori energiyali zarralar dastasidan elementar zarralarning tabiati va xossalarini tadqiq qilishda, atom yadrosi va qatgiq jism fizikasida, defektoskopiyada, bemorlarni nur bilan davolash va boshqa sohalarda foydalaniladi.