Teylor Bruk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Teylor Bruk (1685.18.8, Edmonton, Midlseks — 1731.29.12, London) — ingliz matematigi. London Kirollik jamiyati aʼzosi (1712-yildan). Funksiyalarni darajali katorga yoyish, tor tebranishi, chekli ayirmalar nazariyasiga oid muhim natijalar olgan. Magnitlarning oʻzaro taʼsiri, kapillyarlik, snaryadlarning uchishi, perspektiva soxalariga bagʻishlangan asarlar yozgan. Falsafa masalalari bilan ham shugʻullangan.