Texnika estetikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Texnika estetikasi - sanoat ishlab chiqarish. vositalari yordamida atrofdagi moddiy muhitni badiiy loyihalash usullarini oʻrganish bilan shugʻullanadigan ilmiy fan. Insonning modsiy va maʼnaviy ehtiyojlarini eʼtiborga oladi va dizaynnint nazariy asosini tashkil etadi. Texnika estetikasi badiiy loyihalashnig oʻziga xos xususiyatlarini, loyihalash jarayonidagi oʻrnini, loyihalovchirassom faoliyatining usul va vositalarini, dizaynning paydo boʻlishi, ijtimoiymadaniy mohiyatini, paydo boʻlish sharoitlarini va rivojlanish istiqbollarini, uning texnika, sanʼat va madaniyat bilan oʻzaro uygʻunlashuvini tadqiq qiladi, sanoat mahsulotlariga boʻlgan talablarni va assortimentini yaratish tamoyillarini shakllantiradi. Texnika estetikasi ilmiy fanlar (materialshunoslik, rangshunoslik va boshqalar) ga, sanoat ishlab chiqarish., sotsiologiya va boshqalarga tayanadi.