Tevton ordeni
Qiyofa

Tevton ordeni, Nemis ordeni — katolik diniy-ritsarlik harbiy tashkiloti (qarang Orden). XII asr oxirida salib yurishlari chogʻida Falastinda asos solingan. XIII asr — 1525-yilda Boltiqboʻyida, orden tomonidan pruslar, litvalar, polyaklardan tortib olingan yerlarda Tevton ordeni davlati mavjud boʻlgan. Orden 1410-yil Gryunvald jangida tormor etilgan. 1466-yildan Polsha vassali. 1525-yil uning Boltiqboʻyidagi mulklari dunyoviy Prussiya gersogligiga aylantirilgan[1].

Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Tarixga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |