Tesla Roadster (ikkinchi avlod)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tesla Roadster – Tesla, Inc tomonidan ishlab chiqariladigan toʻrt oʻrindiqli akkumulyatorli elektr sport avtomobili. Kompaniyaning taʼkidlashicha, u 1,9 soniyada 0 dan 60 milyagacha tezlasha oladi[1][2][3]. Ushbu model Teslaning 2008-yilda ishlab chiqarilgan birinchi avtomobili, Roadsterning 1-avlodini vorisi hisoblanadi.

Tesla bosh direktori Ilon Mask, Roadster sotuvi 2024-yilda boshlanishini taʼkidladi[4]. Maskning Twitterda yozishicha, 0 dan 60 milyagacha 1.1 sekundda tezlanish imkoniyatini taqdim eta oladigan, jumladan, „SpaceX“ paketi kabi yuqori unumdorlikdagi modifikatsiyalar asosiy xususiyatlardan tashqari, qoʻshimcha tarzda mavjud boʻladi[5].

Umumiy maʼlumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda, Tesla Roadsterning 1-avlodi ishlab chiqarilish yakunida, Ilon Mask avtomobilning yangi versiyasi 2014-yilgacha ishlab chiqarilishini taʼkidladi[6]. 2014-yilda taqdim etilgan yangi Roadster esa jamoatchilikning masxaralariga duchor boʻldi[7]. Oʻsha paytda u Tesla Model R deb ham atalgan[8].

2015-yilda Mask yaxshiroq tezlanishga ega boʻlgan yangi Roadster chiqarilishini aytdi[9][10][11]. 2016-yil dekabr oyida Ilon Mask oʻz tvitida ikkinchi Roadster ishlab chiqilayotganini yana bir bor tasdiqladi[12][13]. Ikkinchi Roadster Frants fon Xolzhauzen tomonidan loyihalangan[14].

2017-yil 16-noyabrda boʻlib oʻtgan Tesla Semi tadbiri yakunida kutilmaganda Roadster prototipi namoyish etildi va 2020-yilda 200 000 AQSh dollari qiymatidagi boshlangʻich narx bilan sotuvga chiqarilishi eʼlon qilindi[15][16]. Tadbirda avtomashinaga oldindan buyurtma berish uchun 50 000 dollarlik depozitning dastlabki 5 000 dollarini darhol toʻlaganlar uchun mashinani sinov sifatida minib koʻrish imkoniyati taqdim etildi[17][18][19][20].

2021-yil yanvarida Ilon Mask tvitterda ishlab chiqarish 2022-yilgacha kechiktirilishini maʼlum qildi[21]. 2021-yil sentabrida esa, Mask ishlab chiqarish 2023-yilgacha[22], 2023 yil may oyidagi aksiyadorlar yigʻilishida esa 2024-yilgacha kechiktirilishini maʼlum qildi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Acceleration times:
  2. Elon Musk [@elonmusk]. „2.1 sec 0–60 mph is base model before adding rocket thruster option“ (2019-yil 27-iyun).
  3. „Roadster“. Tesla. Qaraldi: 2023-yil 22-yanvar.
  4. 4,0 4,1 Merano. „Elon Musk sets expectations for next-gen Tesla Roadster production“ (en-US). TESLARATI (2023-yil 17-may). Qaraldi: 2023-yil 17-may.
  5. @elonmusk. „SpaceX option package for new Tesla Roadster will include ~10 small rocket thrusters arranged seamlessly around car. These rocket engines dramatically improve acceleration, top speed, braking & cornering. Maybe they will even allow a Tesla to fly …“ (2018-yil 9-iyun). Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  6. Keene, Jaime. „Tesla Roadster to return in 2014“. The Verge (2011-yil 31-oktyabr). 2017-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. Lambert, Fred. „Tesla Roadster next-gen: Elon Musk considers target under 2-second for 'Maximum Plaid'“. electrek (2017-yil 13-iyun). 2017-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. Eric Loveday. „By 2020, Tesla Could Be Selling 5 Electric Models Simultaneously“. Inside EVs (2014-yil 3-sentyabr). 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-mart.
  9. Musk. „Three Dog Day“. Tesla, Inc. (2015-yil 17-iyul). 2015-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-avgust.
  10. Hill, Brandon. „Tesla Motors Will Launch All-New 'Maximum Plaid' Roadster Within Four Years“. HotHardware (2015-yil 18-iyul). 2020-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-avgust.
  11. Perkins, Chris. „Tesla will launch a new roadster in 4 years (with nod to 'Spaceballs')“. Mashable (2015-yil 18-iyul). 2015-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-avgust.
  12. Klein, Jonathon. „New Tesla Roadster Planned, Says Elon Musk“. Motor Trend (2016-yil 28-dekabr). 2017-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-iyun.
  13. @elonmusk. „@jelleprins Some years away, but yes“ (2016-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 1-iyun.
  14. Vaughn, Mark. „Tesla Roadster Sounds Incredible But Will It Be That Good?“. AutoWeek (2017-yil 17-noyabr). 2017-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  15. Etherington. „Tesla unveils the new Roadster“. TechCrunch (2017-yil 17-noyabr).
  16. Shaban. „For $200,000, Tesla will sell you the 'world's fastest' consumer car“ (2017-yil 17-noyabr). 2017-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-noyabr.
  17. Gibbs. „Tesla Roadster: nine things we know about the 'smackdown to gasoline cars'“ (2017-yil 17-noyabr). 2017-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  18. Maclean, Andrew. „Tesla unveils new Roadster“ (en-US). Drive (2017-yil 17-noyabr). 2017-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-noyabr.
  19. „Surprise! Tesla Announces New Roadster Amid Electric Truck Reveal“ (en). NewsFactor. 2017-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-noyabr.
  20. „All-new Tesla Roadster STEALS The SEMI's Show – Musk Plants A Flag In The Ground To END ICE Vehicles For Good“ (en). AutoSpies Auto News. 2017-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-noyabr.
  21. Porter. „Tesla Roadster production delayed to 2022“ (en). The Verge (2021-yil 29-yanvar). 2021-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-yanvar.
  22. „Elon Musk: Tesla Roadster Delayed (Again), This Time to 2023“ (en). MotorTrend (2021-yil 1-sentyabr). 2021-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.