Tert

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tert — yem (kepak, kunjara) va dagʻal ozuqa (xashak, somon va boshqalar)ning aralashmasi. Xashak suvda 2— 3 marta yuvilib, 25% gacha yem va mol boshiga 30 g osh tuzi qoʻshilgach, aralashtiriladi, iliq (40— 50°) suvda 2— 3 soat ivitib qoʻyiladi. Echki va qoramolga beriladi.