Termometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Termometr (termo... — issiq va metr) — trani oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishi moddalarning kengayishi, elektr qarshiligi, gaz bosimi va boshqalarning traga bogʻlikligiga asoslangan. T.ning suyuklikli, gazli va qarshilikli turlari bor. Ulardan eng soddasi suyuklikli T., asosan, rezervuar, naycha va shkaladan iborat. Rezervuar suyuklik, mas., simob bilan toʻldirilgan boʻladi. temperatura ortishi bilan rezervuardagi simob kengaya boradi va unga ulangan naycha ichida simob koʻtariladi. temperatura kancha yuqori boʻlsa, simob shuncha kengayadi va naycha boʻylab u shuncha yuqori koʻtariladi. Mac, —35° dan Q750° gacha trani oʻlchashda simob (—80° dan 170° gacha — etil spirta, —200° dan Q20° gacha — pentan, — 20° dan Q300° gacha — kerosin) bilan toʻldirilgan T.lar ishlatiladi. Turmushda, tibbiyot va meteorologiyada suyuklikli T. qoʻllaniladi.

Fan va texnikada —269° dan Q1063° gacha trani oʻlchashda gazli T. qoʻllaniladi. Bu T. gaz (past tralarda geliy, yuqori tralarda esa azot) bilan toʻldirilgan idish, simobli aniq manometr va ularni ulovchi kapillyardan iborat.

Bunda temperatura gazning hajmi yoki bosimi oʻzgarishi orqali aniqlanadi. Sanoatda —60° dan Q550° gacha trani oʻlchashda koʻpincha manometrik T.dan foydalaniladi. Bu T. gaz (azot), but (xlorli etil) yoki suyuklik (simob) bilan toʻldirilgan ballon hamda kapillyar va prujinali manometrdan iborat germetik tizimdan iborat. temperatura oʻzgarishi bilan tizimdagi bosim oʻzgaradi, prujina deformatsiyalanadi, natijada mil shkala boʻylab harakatlanadi. Elektr qarshiligining traga bogʻliqligiga asoslangan karshilik T.lari va termoelektr yurituvchi kuchning traga bogʻlikdigiga asoslangan termoparalar ham fan va texnikada keng qoʻllaniladi. Bunday Tlar yordamida —200° dan Q500° gacha trani oʻlchash mumkin.