Termofosfatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Termofosfatlar - tabiiy fosfatlarni ishqoriyer metallar birikmalari bilan birga yuqori haroratda pishirib, tuyib tayyorlanadigan fosforli oʻgʻitlar. Fosfat shlaklari, shuningdek, ftorsizlantirilgan fosfatlar ham baʼzan T.ga kiritiladi. T. tarkibidagi fosfat angidrid (R2O5)ni, ayniqsa 20—30% R2O5 boʻlgan ishqorli T.ni oʻsimliklar yaxshi oʻzlashtiradi. Ishqorli T. tabiiy fosfatlarni soda, soda shlaki yoki natriy sulfat bilan birga pishirib olinadi. Tarkibida 20% oʻzlashtiriladigan R2O5 va 12% MgO boʻlgan magniyli (magnezial) T. tabiiy fosfatlarni magnezial silikatlar — olvinit, serpentinit bilan birgalikda pishirib olinadi. Bu oʻgʻitlar fosfor va magniy elementlari kam yerlarga solinadi. T. nordon tuprokli yerlar uchun foydali.