Kontent qismiga oʻtish

Gipsotermometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Termobarometrdan yoʻnaltirildi)

Gipsotermometr (grekcha: „hypsos“ — balandlik va termometr) yoki termobarometratmosfera bosimini oʻlchaydigan simobli asbob. Ishlash tarzi bosim oʻzgarishi bilan suvning qaynash temperaturasi oʻzgarishiga asoslangan. Gipsotermometr yordamida suv bugʻining temperaturasi aniqlanib, quyidagi formula asosida atmosfera bosimi r topiladi:

p=760+t— 100/0,0375 mm. sim. ust.,

Bunda t — bosim r dagi suvning qaynash temperaturasi. Bu usul birinchi bor fransuz fizigi va kimyogari A. V. Reno tomonidan taklif etilgan. Gipsotermometr asosan togʻli joylarning atmosfera bosimini oʻlchashda qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil