Termiz davlat universiteti
Xalqaro nomi |
Termiz State University |
---|---|
Manzili |
Termiz shahri, “Barkamol avlod” ko'chasi 43-uy |
Veb-sayti | tersu.uz |
Termiz davlat universiteti - ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1992-yil 15 martda Termiz pedagogika instituti (1955-yilda asos solingan) negizida Termiz shahrida tashkil etilgan. Universitetda 14 ft (fizikamatematika, tabiiyot, geografiya, iqtisodiyot, moliyamenejment, kimyo, oʻzbek va rus filologiyasi, tarix, xorijiy tillar, industrial pedagogika, jismoniy madaniyat, pedagogika va musiqa, muhandistexnika, ijtimoiygumanitar fanlar, mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash), 48 kafedra, 30 dan ortiq ilmiy va oʻquv laboratoriya, 4 kompyuter sinfi, 2 akademik litsey, biznes maktabi,50 oʻrinli sanatoriyprofilaktoriy, sport majmuasi, milliy ansambl va yosh tomoshabinlar teatri, "Tabassum" quvnoklar va zukkolar klubi, instituternet tarmogʻiga ulangan 3 kutubxona (300 mingdan ortiq asar), 3 qiroatxona bor (2004). Universitetda 27 ixtisoslik [kasb taʼlimi (sohalar boʻyicha), musiqiy taʼlim, milliy istiklol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ish, maktabgacha taʼlim, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, kasb taʼlimi (ijtimoiyiqtisodiy soha), kasb taʼlimi (kimyoviy texnologiya va biotexnologiya), kasb taʼlimi (qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini ishlab chiqarish., dastlabki ishlov va saqlash texnologiyasi, agroinjeneriya), filologiya, oʻzbek tili, ingliz tili, nemis tili, rus tili, tarix, psixologiya, iqtisodiyot, menejment, moliya, biologiya, fizika, geografiya, kimyo, matematika, amaliy matematika va informatika, transport vositalarini ishlatish va taʼmirlash, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, ekologiya va tabiatdan foydalanish] boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. 6 mutaxassislik boʻyicha aspirantura faoliyat koʻrsatadi. 2002/03 oʻquv yili untda 6700 talaba taʼlim oldi, 536 oʻqituvchi, jumladan, 26 fan doktori va professor, 152 fan nomzodi va dotsent ishladi. Unt Rossiya, Fransiya, GFR, Yaponiya, Gollandiya, Polsha, Ukraina, Avstriya, Bolgariya, Belarus, Qozogʻiston, Ozarbayjon olimlari bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Unt faoliyati J. Omonturdiyev, Sh. Samatov, X. Rahmonqulov, B. Qodirov, A. Abdullayev, Q. Joʻrayev, U. Umarov, J. Esanov, X. Xudoyberdiyev, S. Tursunov va boshqa professoroʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Universitetda "Termiz universiteti" gaz. nashr etiladi. 2004-yil gacha universitet 27 mingdan ortiq, mutaxassis tayyorladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Termiz davlat universiteti Surxon vohasining nufuzli oliy dargohi sanalib, koʻp sonli jamoaga egadir. Oʻzbekistonning janubiy viloyatlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida oʻqituvchi kadrlarga boʻlgan talab va ehtiyojni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston SSR Minstrlar Soveti 1954-yil 24-fevralda Margʻilon oʻqituvchilar Institutini Qarshi va Termiz shaharlariga koʻchirish haqida qaror qabul qildi. 1954-yilda Margʻilon oʻqituvchilar Instituti negizida Termiz oʻqituvchilar instituti ta’sis etildi. Termiz oʻqituvchilar institutining ochilishi Surxon vohasi ta’lim tizimi va madaniy hayotida ulkan burilish yasadi. Mazkur maskan tashkil etilgan dastlabki oʻquv yili, ya’ni 1954-1955- oʻquv yilida 175 nafar yoshlar talabalikka qabul qilindi va quyidagi boʻlimlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi: Oʻzbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Fizika va matematika, Tabiatshunoslik va kimyo. 1956-1957-oʻquv yilida Termiz oʻqituvchilar institutini 187 nafar toʻliqsiz oliy ma’lumot olgan talabalar bitirib hayotga yoʻllanma olishdi. 1956-1957-oʻquv yilida Termiz oʻqituvchilar instituti Termiz davlat Pedagogika Institutiga aylantirildi va bu orqali Surxon vohasida ilk Oliy oʻquv yurtiga asos solindi.
Mustaqillik yillarida Termiz davlat universiteti Surxon vohasining yirik fan, ta’lim va madaniyat markaziga aylandi. Ushbu oliy ta’lim maskani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi PF-356-sonli farmoniga muvofiq universitetga aylantirildi. Bugungi kunda universitetda 10921 nafar talaba (2019-yil), shundan kunduzgi bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha 9255 nafar, sirtqi boʻlim boʻyicha 2219 nafar, magistratura boʻyicha esa 264 nafar talabalar tahsil olmoqda. Universitetda joriy oʻquv yilida 57 ta bakalavriat ta’lim yoʻnalishi va 25 ta magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Ayni vaqtda 575 nafar professor-oʻqituvchilardan 18 nafari fan doktori, professorlar, 119 nafari esa fan nomzodlari, falsafa doktorlari (PhD), dotsentlardir. Universitetda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 2019- yilda 12 ta ixtisoslik boʻyicha 30 nafar tayanch doktorant, 2 nafar doktorant tahsil olmoqda.
Zamonaviy shart-sharoitlarga ega universitetda 2019-yilda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan 10 ta shartnoma va 7 ta memorandum imzolandi. 3 ta xalqaro, 4 ta respublika miqyosidagi anjuman, an’anaviy talabalar konferensiyasi yuqori saviyada tashkil etildi. Universitet talabalari viloyat, Respublika va boshqa davlatlarda xalqaro miqyosda oʻtkazilgan sport musobaqalarida 25 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medalni qoʻlga kiritgan. Universitet professor-oʻqituvchisi I.Allakov Davlat mukofoti – Doʻstlik ordeni bilan taqdirlandi hamda M.Norbosheva 8 mart munosabati bilan respublika miqyosida oʻtkazilgan tadbirda Prezident sovgʻasi bilan taqdirlandi (tilla soat).
2018/2019 oʻquv yilida universitet jamoasi 57 ta bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha 25116 nafar abiturientlardan hujjatlarni qabul qilgan. Respublikamizning 15 ta oliy ta’lim muassasalari qatorida universitetga maxsus sirtqi ta’lim shakli boʻyicha 13062 ga yaqin abiturientlardan hujjatlar qabul qilindi. Qisqa muddatda tashkil etilgan qabul jarayonlaridan soʻng 798 nafar talabalar universitetning maxsus sirtqi boʻlim talabaligiga muyassar boʻlishdi. Olib borilayotgan islohotlar, oʻrganilayotgan muammolar va ehtiyojlar, kelib tushayotgan murojaatlar tahlillari natijasida yangidan fakultet San’atshunoslik fakultet ochildi.
Bundan tashqari, 2019/2020 oʻquv yilida bakalavr boʻyicha Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi, Cholgʻu ijrochiligi, Rangtasvir, Amaliy san’at, Vokal san’ati, Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish, Psixologiya, Tarjima nazariyasi va amaliyoti, Buxgalteriya hisobi va audit, Chaqiriqqacha harbiy ta’lim, Huquq ta’limi, Milliy gʻoya, manaviyat asoslari va Arxeologiya ta’lim yoʻnalishlari, Magistratura boʻyicha Zoologiya, Adabiyotshunoslik, Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi, adabiyotshunoslik, rus adabiyoti, ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi, muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi, arxeologiya, etnografiya, etnologiya va antrapologiya mutaxassisliklari, sirtqi ta’lim shakllari boʻyicha tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, musiqa ta’limi, texnalogik ta’lim, psixologiya ta’lim yoʻnalishlari ochilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]“Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. Oʻzbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yoʻlidan borayotgan bir paytda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iborat. Universitetda moddiy-texnik bazaning rivojlanishi, Davlat ta’lim standartlarining takomillashtirilishi, reyting tizimining oʻquv jarayoni asosini tashkil etishi, oʻquv adabiyotlari va elektron axborot ta’lim resurslari bilan ta’minlanishining talab darajasida boʻlishi orqali yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun mustahkam baza yaratilgan. Mustaqillik ruhini talabalar ongiga singdirish, ozodlik vatanparvarlik kayfiyatini qaror toptirish oʻtilayotgan har bir darsning asosiy maqsadiga aylantirilgan va oʻquv jarayoni ilgʻor pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilmoqda. Universitetda 13 ta: Fizika-matematika, oʻzbek filologiyasi, xorijiy filologiya, pedagogika, maktabgacha ta’lim, tabiiy fanlar, jismoniy madaniyat, kimyo va texnologiya, tarix, rus filologiyasi, iqtisodiyot va menejment, arxitektura va qurilish, san’atshunoslik fakultetlari hamda 40 ta kafedrada 575 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatadi. Ilmiy salohiyat 21,8 % ni tashkil etadi. Bugungi kunda universitetda 10921 nafar talaba (2019-yil), shundan kunduzgi bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha 9255 nafar, sirtqi boʻlim boʻyicha 2219 nafar, magistratura boʻyicha esa 264 nafar talabalar tahsil olmoqda. Universitetda joriy oʻquv yilida 57 ta bakalavriat ta’lim yoʻnalishi va 25 ta magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Ayni vaqtda 575 nafar professor-oʻqituvchilardan 18 nafari fan doktori, professorlar, 119 nafari esa fan nomzodlari, falsafa doktorlari (PhD), dotsentlardir. Universitetda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 2019-yilda 12 ta ixtisoslik boʻyicha 30 nafar tayanch doktorant, 2 nafar doktorant tahsil olmoqda. Zamonaviy shart-sharoitlarga ega universitetda 2019-yilda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan 10 ta shartnoma va 7 ta memorandum imzolandi. 3 ta xalqaro, 4 ta respublika miqyosidagi anjuman, an’anaviy talabalar konferensiyasi yuqori saviyada tashkil etildi. Universitet talabalari viloyat, Respublika va boshqa davlatlarda xalqaro miqyosda oʻtkazilgan sport musobaqalarida 25 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medalni qoʻlga kiritgan.2019-yilda universitet oʻqituvchisi I.Allakov Davlat mukofoti – Doʻstlik ordeni bilan taqdirlandi hamda M.Norbosheva 8 mart munosabati bilan respublika miqyosida oʻtkazilgan tantanali tadbirda Prezident sovgʻasi bilan taqdirlangan (tilla soat). 2019/2020 oʻquv yilida universitet jamoasi 57 ta bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha 25116 nafar abiturientlardan hujjatlarni qabul qilgan. Respublikamizning 15 ta oliy ta’lim muassasalari qatorida universitetga maxsus sirtqi ta’lim shakli boʻyicha 13062 ga yaqin abiturientlardan hujjatlar qabul qilindi. Qisqa muddatda tashkil etilgan qabul jarayonlaridan soʻng 798 nafar talabalar universitetning maxsus sirtqi boʻlim talabaligiga muyassar boʻlishdi. Olib borilayotgan islohotlar, oʻrganilayotgan muammolar va ehtiyojlar, kelib tushayotgan murojaatlar tahlillari natijasida yangidan fakultet San’atshunoslik fakulteti ochildi. Universitet qoshida 1 ta akademik litsey faoliyat koʻrsatadi. Shu bilan bir qatorda "Axborot resurs markazi", "Axborot texnologiyalari markazi", "Noshirlik", "Qatagʻon qurbonlari xotirasi" muzeyi, "Viloyat mintaqaviy til oʻrganish", "Kurash", "Sogʻlomlashtirish", "Tikuvchilik" markazlari mavjud.
Xalqaro hamkorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro hamkorliklar doirasida quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda: Termiz davlat universiteti chet el grantlari boʻyicha 2019-yildagi xalqaro loyihalar doirasida faoliyati Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining “PAWER”, “INTRAS” loyihalari asosida tashkil etildi. 1. PAWER – “Hududlararo mobillikni yoʻlga qoʻyish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” Loyiha granti oluvchisi: Italiyaning L’Akvila universiteti. Loyiha maqsadi: Loyiha talabalar mobilligi kontekstida kreditlarni (baholarni) va besh oʻquv yoʻnalishi boʻyicha baholash tizimini mukammallashtirish va bir xillashtirish jarayonini yoʻlga qoʻyishdan iboratdir. Loyiha yakuniga koʻra talabalarning xalqaro mobilligini osonlashtiruvchi, hamkor ta’lim muassasalari oʻrtasida yagona mexanizm ishlab chiqiladi. Loyihaning universitetdagi umumiy miqdori: 29,000 evroga teng. Loyiha muddati: 2016-2019-yillar 2.Loyiha nomi: INTRAS – Intellektual transport tizimlari: Oʻzbekiston uchun yangi AKTga asoslangan magistratura oʻquv dasturi. Loyiha granti oluvchisi: Pol’shaning Gdansk universiteti. Loyiha maqsadi: Shu sohada Oʻzbekistonda magistratura bosqichidagi ta’limni rivojlantirish va bu borada malaka almashish imkoniyatini yaratib berish. Loyihaning universitetdagi umumiy miqdori: 79,400 evroga teng. Loyiha muddati: 2017-2020-yillar Termiz davlat universitetida Germaniyaning SES (Senior Experten Service) – Keksa Ekspertlar xizmati fondi bilan hamkorlikda 2019-yilning 12-yanvaridan 28-yanvarigacha talabalarga ingliz tilidan dars mashgʻulotlari, oʻqituvchilarga treninglar oʻtkazish maqsadida SES mutaxassisi Ilka Bixbaymer, 7-26-sentabr kunlari yana bir ekspert janob Yohannes Shtikel tashrif buyurgan. Universitet hududida 2019-yilning 14-mart kuni Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda IELTS imtihonlari boʻlib oʻtgan. Universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar va talabalar bir qancha xorijiy safarlarga chiqishgan. Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov va xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Gʻ.Togʻayev Xitoyning Sian shahridagi Shimoliy-gʻarbiy universitetda Termiz davlat universitetida Konfutsiy universitetini ochish boʻyicha rasmiy tashrifni amalga oshirgan va hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. 2019-yilning oʻzida Termiz davlat universitetidan rahbariyat vakillari, professor-oʻqituvchilar Rossiyaning N.G.Chernishevskiy nomidagi Saratov Milliy tadqiqot davlat universitetiga, Turkiyaning Anqara universitetiga, Chexiya Respublikasining Karlova universitetiga, Qozogʻiston Respublikasi “SILKWAY” xalqaro universitetiga, Qirgʻiziston Respublikasining Skryabin nomidagi Qirgʻiz milliy agrar universitetiga, Tojikiston davlat moliya-iqtisod universitetiga, Tojikistonning Rossiya-Tojik(slavyan) universitetiga, Tojikistondagi Dushanbe davlat pedagogika universitetlariga ilmiy safarlar bilan borishib, memarandumlar imzolashdi, turli hamkorlik aloqalari boʻyicha shartnomalar tuzishdi. Bugungi kunda ham xorijiy ta’lim muassasalari bilan yaqindan tanishish, tajribalarini oʻrganish, hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida xorijga safarlar davom ettirilmoqda.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |