Terminator-2 (TQJM)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
TQJM-72
Terminator-2
Sinflanishi TQJM
Ogʻirligi, t 44
Ekipaj, kishi. 3
Tarixi
Ishlab chiqaruvchi Uralvagonzavod
Asosiy operator Rossiya bayrogʻi Rossiya
Jazoir bayrogʻi Jazoir
Oʻlchamlari
Korpus uzunligi, mm 7200 (panjarali ekrani bilan)
Eni, mm 3600
Boʻyi, mm 3330
Qurollari
Toʻp turi 2 × 30-mmli 2A42 avtomatik
Toʻp oʻq-dorisi 850 ta snaryad
Pulemyotlar 1 × 7,62-mmli PKM (2100 patron)
Boshqa qurollar 9М120-1)
9М120-1F
Dvigateli
Dvigatel modeli Dizel
Dvigatel modeli V-84-MS
V-92-S2
Dvigatel quvvati, ot. kuch. 840
1001
Harakatchanligi
Yuqori tezligi, km/s 60
Shosseda yurish zahirasi, km 500 (osma yonilgʻi baki bilan)
Bartaraf etilgan tepalik, grad. 30° (nishablik 60%)
Bartaraf etilgan devor, m 0,85
Bartaraf etilgan xandaq,m 2,6…2,8
Bartaraf etilgan, Brod, m 1,2 (tayyorgarliksiz),
1,8 (5 daq. tayyorgarlik),
5,0 (OPVT moslamasi bilan)
Terminator-2 (TQJM) Vikiomborda

"Terminator-2" (TQJM-72) — T-72 tankining shassisi asosida ishlab chiqarilgan tanklarni qoʻllab-quvvatlovchi jangovar mashinasi (TQJM); "Terminator" TQJMning birinchi moduli bilan parallel ravishda rivojlantirilgan modeldir. Yangi jangovar transport vositasi yuqori darajadagi xavfsizlik, oʻq otish kuchi va boshqariluvchanlikka ega. Shuningdek, avvalgi modeldan farqli jihati shuki, uning qurollar tizimida avtomatik granata otish moslamalari mavjud emasligi, ekipajini besh kishidan uch kishiga qisqartirishga imkon beradi[1]. Kuchli va koʻp qirrali qurollar tufayli u dushmanning oʻq otish nuqtalari va istehkomlarini samarali ravishda yoʻq qilishga, piyoda askarlar tomonidan unga qarshi qoʻllanadigan granata otish moslamalari va tankga qarshi tizimlarni yoʻq qilish, shuningdek, jangovar tanklar, piyoda jangovar mashinalari va dushmanning boshqa zirhli nishonlarini yoʻq qilishga qodir[2].

Taqdimoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning prototipi ilk marta «Russian Arms Expo-2013» koʻrgazmasida taqdim etilgan. Mashinaning ikkinchi taqdimoti esa 2015-yil 16–19-iyun kunlari Kubinkadagi „Patriot“ bogʻidagi «Armiya-2015» xalqaro harbiy-texnik forumida boʻlib oʻtgan[3].

Konstruktsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanklarni qoʻllab-quvvatlaydigan jangovar transport vositasining yangi versiyasi T-72 tankining shassisi asosida ishlab chiqarilgan. Ekipaj aʼzolarining joylashuv tartibi aynan T-72 bilan oʻxshashdir[4].

Tankning qurol-yarogʻ tizimi ikkita 30 mm avtomatik toʻp, boshqariladigan qurol tizimi va bitta 7,62 mm tank pulemyotidan iborat. Terminator-2 minorasining yon tomonlarida ikkita zirhli korpus oʻrnatilgan boʻlib, ular ichida 9M120-1 yoki 9M120-1F/4 boshqariladigan raketalari boʻlgan tashish va uchirish konteynerlari oʻlrnatilgan. Ushbu raketalar 6 kilometrgacha boʻlgan masofadagi zirhli nishonlarni urishga qodir. Raketalarni boshqarish uchun B07S1 vositalar majmuasi qoʻllaniladi.

TQJM-72 avtomatining oʻt ochish tizimi oʻqchi va komandirning nishonlari, lazer masofa oʻlchagichlari, ballistik xisoblagichlar va qurol stabilizatoridan iborat. Mashina komandiri televizor va termal tasvir kanallari bilan birlashtirilgan panoramali ko'rsatuvchi nishonga olish tizimiga ega. Nishonni koʻrish maydoni ikki tekislikda ham barqarorlashtirilgan. Komandirning koʻrish moslamasi shuningdek, lazer masofa oʻlchagich bilan ham jihozlangan. Pulemyotchi optik va termal tasvirlash kanallari bilan koʻrish imkoniyati bor. Ushbu koʻrish moslamasi ikki tekislikda barqarorlashtirilgan koʻrish maydoniga ega, shuningdek, lazer masofa oʻlchagich va tankga qarshi raketalarni lazer bilan boshqarish tizimi bilan jihozlangan.

Televizion kanaldan foydalanganda ishlatiladigan nishonga olish uskunasi komandirga dushman tanklarini taxminan 5 kilometr masofada tanib olish imkonini beradi. Kechasi, termal tasvirlash tizimidan foydalanganda, tanib olish diapazoni 3,5 km gacha kamayadi.

Asosiy qurollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqariladigan qurollar majmuasi
  • Lazerli boshqaruv kanali bilan yarim avtomatik;
  • 4 ta uchirish moslamasidagi boshqariladigan raketalar;
  • Qoʻllaniluvchi boshqariladigan raketa turlari:
    • 9M120-1 boshqariluvchi tankka qarshi raketa;
    • 9M120-1F boshqariluvchi raketa.
  • Toʻp, tur, kalibr:
    • 2A42, qoʻshavtomatik, 30 mm.

Yordamchi qurollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Pulemyot, turi, kalibrli:
    • PKTM, tankka moslangan, 7,62 mm.
TQJM-72 konstruktsiyasining asosiy elementlari tashqaridan koʻrinishi: korma va dvigatel boʻlinmasi (orqa tomondan koʻrinish), nazorat qilish asboblari va tutun toʻsiqlari bilan jihozlangan jangovar modul platformasi (oʻng tomondan old koʻrinish) aylanadigan jangovar modul platformasi (chap tomondan orqa koʻrinish), qurol-yarogʻ va old zirhi (oldi tomon koʻrinish)
TQJM-72 turli rakurslardan koʻrinishi

Operatorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jazoir bayrogʻi Jazoir3 tadan ortiq, 2022-yil holatiga koʻra. Shuningdek, «menadefense.net» Portaliga ko'ra, 300 dan ortiq buyurtma berilgan[5][6][7].

Jangovar foydalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 15-mayda bir nechta "Terminator-2" TQJM Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida Severodonetsk hududida mexanizatsiyalashgan kolonnaning bir qismi sifatida harakatlangani koʻrilgan.

Reytinglar[tahrir | manbasini tahrirlash]

«Terminator» bugungi kunda zirhli transport vositalarini eksport qilish bozorini “portlatib” yubordi va ajoyib istiqbolga ega[8].

— Rossiya Bosh vazirining o'rinbosari Dmitriy Rogozin

"Argumenti i Fakti" gazetasi ushbu mashinani Rossiya harbiy-sanoat kompleksi ishlanmalarining „tub burulish yasagan loyihalar“ qatoriga kiritadi[9].

Rivojlanish istiqbollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uralvagonzavod, SSSR va Rossiyada ushbu loyiha boʻyicha olib borilgan koʻplab ishlanmalar va tadqiqotlarni hisobga olgan holda, ammo va 57 mmli toʻpga ega «Armata» platformasidagi jangovar modul asosida (AU220M Baykal) loyihani ishlab chiqishda davom etmoqda[10].


Rossiya Mudofaa vazirligi bosh zirhli mashinalar boshqarmasi boshligʻi Aleksandr Shevchenkoning soʻzlariga koʻra, unga bir qancha davlatlar, xususan, Isroil va Suriya qiziqish bildirgan[11].

Videooʻyinlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

TQJM-72 «Armored Warfare: Project Armata» kompyuter oʻyinida namoyish etilgan[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Рогозин хочет проверить, кто сильнее — танкисты или «очкарики с роботами»“. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
  2. „Уралвагонзавод“ (deadlink). 2017-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-noyabr.
  3. Карпенко А. В. Армия-2015: Боевая машина поддержки танков БМПТ72 (Wayback Machine saytida 2016-12-23 sanasida arxivlangan). // Бастион : военно-технический сборник. — СПб.: «Невский бастион», июнь 2015
  4. ТЕРМИНАТОР-2, боевая машина поддержки (Wayback Machine saytida 2016-11-10 sanasida arxivlangan) // arms-expo.ru
  5. Поставки российских «Терминаторов» в Алжир начнутся в 2018 году // «Звезда», 11.09.2017
  6. Le BMPT-72 en Algérie début 2018 // menadefense.net (Алжир)
  7. The Military Balance 2022.
  8. „«Терминаторы» из России «взорвали» оружейный рынок, заявил Рогозин“ (ru). РИА Новости (9-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
  9. Осипов С. От космоса до недр. Русское чудо оружие: прорывные разработки ОПК. // ru:Аргументы и факты. — M. : ЗАО «Аргументы и факты», 12—25 февраля 2014. — № 8 (1737) — С. 19 — ISSN 0204-0476.
  10. На базе «Арматы» создадут машину поддержки танков «Терминатор-3» // «Zvezda»
  11. Что сделало БМПТ «Терминатор» уникальной и привлекательной машиной // ИА REGNUM, 11 сен 2017
  12. Бронемашины 9-го уровня // Игромания — M. : ООО «Игромедиа», декабрь 2015. — № 12 (219) — С. 41.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]