Terminal filmi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Terminal 2004
The Terminal
Janri Komidiya, Dramma
Rejissyor(lar) Steven Spielberg
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Hikoya
Rollarda
Bastakor(lar) John Williams
Kinematografiya Yanush Kamiński
Operator(lar) Janusz Kamiński
Studiya(lar) Amblin Entertainment
Parkes/MacDonald Productions
Distribyutor DreamWorks
Chiqarilgan sanasi 2004
Davomiyligi 128 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Byudjeti $60 million[1]
Daromadi $219.4 million[1]

Terminal (The Terminal)Stiven Spilberg rejissyorligida 2004-yilda suratga olingan, Komediya-Drama janiridagi amerika filmi. Filmda bosh rollarni Tom Hanks, Catherine Zeta-Jones va Stanley Tucci ijro etishgan. Filmda Amerika Qoʻshma Shtatlariga kirishiga o'z vatanidagi harbiy tuntarilishlar tufayli ruxsat berilmagani holda Nyu-Yorkning Jon Kennedy nomidagi ayroporti terminalida qolib ketgan Yevropalik sayohatchi haqida hikoya qilinadi.

Film qisman Mehran Karimi Nosiriyning 1988-yildan 2006-yilgacha Parij Sharl de Goll aeroporti 1-terminalida 18 yil qolib ketishi bilan bog'liq real voqeadan ilhomlangan[2]. 1988-yilda Nossiri Bryusseldan Parij orqali Londonga uchadi, ammo u qochqin sifatida pasportini yo'qotgani uchun Parijga qaytarib yuboriladi. Shundan keyin Nosiri 2006-yilgacha Sharl de Goll aeroportidagi 1-terminal tranzit hududida yashagan, Fransiya hukumati unga mamlakat hududiga kirishga ruxsat bermagan[3]. Bundan avvalgi "Qo'lingdan kelsa meni tut yoki Ustasifarang" filmini tugatgandan so'ng, Spilberg "Terminal" filmini suratga olishga qaror qiladi, chunki bu filmidan keyin "bizni kuldirishi, yig'latishi va bizni xursand qilishi mumkin bo'lgan dunyo" filmini suratga olishni xohlar edi. Filmni suratga olish uchun o'z jihozlarini taqdim etishga tayyor bo'lgan mos ayroportlar yo'qligi sababli, LA/Palmdale mintaqaviy ayroportidagi katta angar ichida butun ishchi to'plamli terminal qurilgan. Monreal-Mirabel xalqaro aeroportida esa filmning aksariyat ayraport tashqi sahnalari suratga olingan[4].

Film 2004-yil 18-iyun kuni Shimoliy Amerikada katta ekranlarda namoyish etilgan hamda umuman ijobiy baholarga sazovor boʻlgan. Butun dunyo boʻylab uning namoyishlaridan 219 million dollar daromad ishlangan.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmda o'ylab topilgan Krakosiya mamlakatidan kelgan sayohatchi Viktor Navorski Nyu-York shahri Jon Kennedi xalqaro ayroportiga yetib kelganida o'z mamlakatida davlat toʻntarishlari sodir boʻlganini televezor orqali bilib oladi. Qo'shma Shtatlar Krakosiyaning yangi hukumatini tan olmaydi. Shu sababdan Viktor Navorskining AQSh hududiga kirishi ham, vataniga qaytib ketishi ham mumkin emas edi, chunki uning pasporti endi haqiqiy emas edi. Shu sababli, AQSH Bojxona va chegara qoʻriqlash xizmati uning pasporti va qaytish chiptasini, masala hal boʻlgunga qadar olib qoʻyadi. Shundan sung u qochqinga aylanadi va ayroportda yashashga majbur bo'lib qoladi.

Ayroportning bosh komissari vazifasini bajaruvchi Frenk Dikson Viktorga muammo hal etilmaguncha tranzit zalida qolishni buyuradi. Viktor terminalda yuklari va yong'oq to'la qutisi bilan birga qolib ketadi. Navorski ayraport hududining hozir ta'mirlanayotgan utish qismini topadi va u yerda yashay boshlaydi. Dikson Viktorni ayroport hududini tark etishga bir necha bor suniy ravishda majbur qilib ko'radi. Dikson soqchilarni besh daqiqaga chiqish joyidan uzoqlashtirishni buyurib, uni ayroportdan chiqarib yuborish orqali Viktorni ketishga majbur qiladi, ammo Navorskiy qonunlarni buzishni hohlamas edi. Dikson, agar Navorskiy uyga qaytishdan qo'rqsa, ayroportni tark etishi uchun AQSH hukumatidan boshpana so'rashini hamda o'z mamlakatidan qo'rqishini aytib ariza yozdirishga o'rinib ko'radi, ammo bu urinish ham Viktor o'z mamlakatidan qo'rqmasligini da'vo qilgani uchun muvaffaqiyatsiz bo'ladi. Viktor bir necha ayroport xodimlari va sayohatchilar bilan do'stlashadi hamda ularga yordam beradi. ular: Gupta Rajan ismli farrosh, odamlarning tozalangan pollarida sirg'anishlarini tomosha qilishdan zavqlanadegan hodim, Pokkerga mukkasidan ketgan Jo Mulroy yo'qolgan bagaj buyumlariga pul tikish bilan shug'ullanuvchi yuk tashish xodimi, Dolores Torres, immigratsiya xizmati xodimi, Doloresni yaxshi ko'radigan oziq-ovqat xizmati yuk mashinasi haydovchisi Enrike Kruzlar navorskiyning yaqin do'stlariga yalanadi. Shuningdek Navorskiyning tanishlari orasida United Airlines styuardessasi Ameliya Uorren ham bor edi. Ameliyani Navorskey vaqti-vaqti bilan ko'rib turar edi va uni tez-tez sayohat qiladigan qurilish pudratchisi deb o'ylaydi. Shundan keyin Vektor Navorskiy Amelyani yoqtirib qoladi va uni o'ziga jalb qilishga harakat qiladi. Yuqoriroq lavozimga Ko‘tarilish uchun nomzodi ko‘rib chiqilayotgan Dikson Viktordan qutulishning yangi yo'llarini izlaydi. Bu orada Viktor ingliz tilini o'rganish uchun kitob va jurnallarni o'qiy boshlaydi. Ta'mirlash zonasidagi devorni bir o'zi impulsiv tarzda qayta tamirlaganidan so'ng ayroport pudratchisi tomonidan quruvchi sifatida ishga yollanadi hamda unga oylik maosh to'lanadi.

To'qqiz oy o'tgach, Viktorning do'stlari Viktorni Krakosiyadagi urush tugaganligi haqidagi xabar bilan uyg'otishadi hamda edni u ayroport hududidan chiqib ketishga ruxsat beruvchi yashil muhirni olishi mumkin edi. Bojxonada favqulodda Viktorga viza beriladi va unga Dikson imzo chekishi kerakligini aytishadi. Ammo Viktorning pasporti yana kuchga kirgach, Dikson uni darhol Krakosiyaga qaytarishga qaror qiladi. U Viktorga agar uyiga bir zumda qaytmasa, do'stlarini noqonuniy xatti-harakatlari uchun ayroportda jinoiy javobgarlikka tortishini, eng jiddiysi, farrosh Gupta Rajanni politsiya xodimiga hujum qilganlikda ayblash uchun Hindistonga deportatsiya qilish bilan tahdid qiladi. Buni istamagan Viktor nihoyat uyga qaytishga rozi bo'ladi. Gupta bundan xabar topgach, Viktorni uyiga qaytaradigan samolyot oldiga yugurib chiqib deportatsiyaga o'zini tutib beradi. Hamda Viktorning yuklarini samalyotdan tushirib qoladiradi.

Kechikish Viktorga shaharga kirish uchun yitarli vaqt beradi. Dikson o'z ofitserlariga Viktorni hibsga olishni buyuradi, ammo Diksondan hafsalasi pir bo'lgan ofitserlar viktorni yo'lini tusishmaydi. Viktor taksiga o'tirayotganda, Ameliya boshqa taksida keladi va ular birgalikda shaharga chiqib krtishadi. Nyu-Yorkka Benni Golson kontsert berayotgan mehmonxonaga kelgan Navorski otasi vasyat qilgan oxirgi dastxatni konsertchidan oladi. Taksida ayroportga qaytib keladi hamda o'z vatani krakosiyaga uchib ketadi.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Terminal filmi Box Office Mojoda
  2. Gilsdorf, Ethan „Behind 'The Terminal,' a true story“. The Christian Science Monitor (2004-yil 21-iyun). 2015-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-dekabr.
  3. Tsianos, Prof Dr Vassilis S.. The Autonomy of Migration: The Animals of Undocumented Mobility Dimitris Papadopoulos & Vassilis Tsianos. https://www.academia.edu/3381097. Qaraldi: 2022-04-25. Terminal filmi]]
  4. „The Terminal (2004) - Filming & Production“. IMDb.com. 2016-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]