Termik pech

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Termik pech — metall buyumlarga termik (issiklik) yoki kimyoviytermik ishlov berish uchun moʻljallangan sanoat pechi. Ishlash uslubi jihatdan davriy (vannali pech, kamerali pech, aerodinamik qizdirish pechi va boshqalar) va uzluksiz (induksion qizdirish qurilmasi, sim choʻzish pechi va boshqalar) ishlaydigan turlarga boʻlinadi. Davriy Termik pech, asosan, mashinasozlik sanoatida metall buyumlarni donalab yoki kichik seriyalab ishlab chiqarishda, uzluksiz Termik pech esa koʻp seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishda qoʻllanadi. T. plar gaz yoki elektr tokida ishlaydi. Elektr tokida ishlaydigan pechlarda qizdirish kuchliroq va aniqroq chiqadi. Termik pechlarda list materiallar toblanadi, normallanadi va boʻshatiladi, temir yoʻl transporta gʻildiraklari va gʻildirak bandajlari, uglerodli va zanglamas poʻlatdan hamda ranga i metalldan tayyorlanadigan polosalar termik ishlovdan oʻtkaziladi.