Terabayt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Terabayt (qisqartma: Tbayt , TB; xalqaro qisqartma: TB, TByte) — axborot miqdorini oʻlchash birligi; 1012 (trillion) yoki 240 baytni anglatishi mumkin.

Xalqaro birliklar tizimining asosiy hujjati „SI Broshyurasi“ „tera-“ prefiksidan foydalanishni faqat 1012ni belgilash uchun, va 240 uchun esa, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi tomonidan kiritilgan[1][2] tebibayt nomidan foydalanishni tavsiya qiladi. Ikkilik boʻlmagan manzilli xotira qurilmalari (masalan, qattiq disklar) ishlab chiqaruvchilari trillion baytni terabayt deb ham atashadi.

Tarixiy jihatdan va bugungi kungacha bir qator sohalarda (asosan, operativ xotira va flesh xotira kabi ikkilik manzilli xotira hajmini koʻrsatish uchun; Windows oilasining operatsion tizimlarida; JEDEC memory standards[3] va Rossiyaning 2009-yildagi „Miqdor birliklari toʻgʻrisidagi Nizom“ ga muvofiq[4]) 240 (1 099 511 627 776) bayt qiymatida ishlatiladi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Prefixes for Binary Multiples — The NIST Reference on Constants, Units, and Uncertainty
  2. „Decimal multiples and submultiples of SI units. SI prefixes“(ingl.). SI Brochure: The International System of Units (SI). Bureau International des Poids et Mesures. Qaraldi: 25-iyul 2015-yil.
  3. JEDEC Standards & Documents: 100b01
  4. „Положение о единицах величин, допускаемых к применению в Российской Федерации“ (deadlink). 2-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-mart 2013-yil. Arxivlandi 2013-11-02 Wayback Machine saytida.
  5. Storage capacity measurement standards

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]