Tenzometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tenzometr — kj (kuch) tushadigan inshoot elementlari va mashina qismlarida vujudga keladigan deformatsiyalar (shakl oʻzgartirishlari) ni oʻlchaydigan asbob. Deformatsiyaning qiymati va elastiklik moduli (qattiq jismning qayishqoqligini ifodalovchi koʻrsatkich) maʼlum boʻlsa, materialda hosil boʻladigan zoʻriqishlarni aniqlash mumkin. T.ning mexanik va elektron turi bor. Mexanik T. richaglar (pishang) tizimidan iborat; uning uchi oʻtkir oyoqlari deformatsiya l anuvch i jismga tayanadi; jism uzayganda richaglar harakatga kelib, oʻlchov milini buradi; mil deformatsiya miqdorini koʻrsatadi. Elektron T.lar tekshirilayotgan detalga oʻrnatilgan tenzodatchik (uzatkich)lardagi elektr tokining oʻzgarishiga asoslanadi. Tenzodatchik sim yoki zarqogʻozdan yasalgan panjara yoki yarimoʻtkazgichdan tayyorlangan plastinadan iborat. Tenzodatchik qatgiq jismlarning mexanik deformatsiyasini elektr signallarga oʻzgartiradi va shu yoʻl bilan deformatsiyaning miqdori aniklanadi.