Temurbek Poyonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Poyonov Temur Olimovich
 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi
Mansab davri
2023-yil 15-martdan
 – Bugungi kungacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Shavkat Zayniddinov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-sentyabr 1993-yil (1993-09-19) (30 yosh)
Millati Oʻzbek
Istiqomat joy(lar)i Toshkent shahri
Taʼlim

Qarshi davlat universiteti (2015-yil, Bakalavriat)

Qarshi davlat universiteti (2017-yil, Magistratura)
Kasbi Psixolog
Maʼlumoti Oliy maʼlumotli (Magistr)
Mukofotlari Mudofaaga ko‘maklashuvchi „Vatanparvar“ tashkilotining „30 yilligi“ ko‘krak nishoni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining  „30 yilligi“ ko‘krak nishoni
Vebsayti https://t.me/TemurPoyonovv

Poyonov Temur Olimovich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi [1], 2021-yil 10-martdan 2023-yil 15-martgacha O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.[2]

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poyonov Temur 1993-yil 19-sentabrda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Malumoti oliy, Qarshi davlat universitetining bakalavr va magistr darajalarini tamomlagan. 7 yillik mehnat tajribasiga ega. Talim va yoshlar bilan ishlash sohalarida turli darajadagi lavozimlarda faoliyat olib borgan. Mehnat faoliyatini 2017-yil Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qashqadaryo akademik litseyi o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Shundan so‘ng talim sohasidagi mehnat faoliyati 2019-yilda Qashqadaryo viloyati Xalq talimi boshqarmasida mutaxassis sifatida hamda keyinchalik yoshlar tashkiloti tizimida olib borgan. Xususan, 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, 2021-yilda boshqarma boshlig‘i[3] lavozimida ishladi. Temur Poyonov 2021-yilda bo‘lib oʻtgan prezidentlik saylovlarida[4] nomzod O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatidagi ishonchli vakili [5] sifatida faoliyat olib borgan. Shu bilan birga, 2021-yilda Temur Poyonov qisqa muddat Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari vazifasini bajargan[6]. O‘tgan davr mobaynida olib borgan faoliyati hamda talim, yoshlar bilan ishlash va boshqaruv sohasida tajribaga ega yosh rahbar sifatida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi yig‘ilishining qaroriga asosan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi[7] lavozimiga tayinlangan.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017 — 2019-yillarda O‘zbekiston IIV huzuridagi Qashqadaryo akademik litseyi katta o‘qituvchisi

2019 — 2020-yillarda Qashqadaryo viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi mutaxassisi

2020 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentiligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentiligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi

2023 — yildan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mudofaaga ko‘maklashuvchi „Vatanparvar“ tashkilotining „30 yilligi“ ko‘krak nishoni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining  „30 yilligi“ ko‘krak nishoni

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini rivojlantirish boʻyicha rejalarini bayon etdi“ (11-oktabr 2021-yil). „Qashqadaryoda ishonchli vakil ishtirokida brifing o‘tkazildi“ (21-sentabr, 2021-yil). „Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i“ (10-mart, 2021-yil). 2023-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel. „O'zbekiston yoshlar ittifoqi rahbariyati“ (15-mart, 2023-yil). „Qashqadaryo viloyatida tajriba sifatida vaqtinchalik o'rinbosarlar ish boshladi“ (18-yanvar, 2021-yil). „Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi“ (10-mart, 2021-yil).

  1. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tuzilmasi
  2. „Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i“. 2023-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
  3. Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi
  4. Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini rivojlantirish boʻyicha rejalarini bayon etdi
  5. Qashqadaryoda ishonchli vakil ishtirokida brifing o‘tkazildi
  6. Qashqadaryo viloyatida tajriba sifatida vaqtinchalik oʻrinbosarlar ish boshladi
  7. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining yangilangan rahbariyati