Temir qalpoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Temir qalpoq — ruda (asosan, sulfid) konlarining yuqori qismida birlamchi minerallarning oksidlanishi hamda kimyoviy nurashi natijasida vujudga kelgan qoldiq gʻosila. Asosan, temirnnng oksid va gidrooksidlari (gyotit, gidrogyotit, gidrogematit, turit va boshqalar)dan tarkib topgan boʻlib, och va toʻq qizil, oxrali va qoʻngʻirqizil rangli boʻladi. Temir qalpoqning gʻosil boʻlishi yuzadagi suvlarning oksidlanish faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, rudali konlarningikkilamchi boyitilishi bilan sodir boʻladi. Nurash jarayonida mis, kumush, rux va boshqa metallarning sulfidlari tez eriydigan sulfatlarda oksidlanib, ishkrrsizlanadi va ruda tanalarining yanada chuqurroq qismiga oʻtadi. Ayni vaqtda temirning oltingugurtli birikmasi — pirit, xalkopirit va boshqa sulfidlar erigan tuzlar koʻrinishida qisman chiqaradi, koʻp qismi esa, oksidlanish va gidratatsiyaga uchrab, temir oksidining gidratlari koʻrinishida oʻz joyida qoladi. Bu ikkilamchi qoʻngʻir temirtoshlar temir sulfidi tarkibli boshqa rudalarning, birlamchi pirit rudalarining qayta hosil boʻlishi hisobiga vujudga kelib, Temir qalpoq yer yuzasi yaqinida hosil boʻladi. Temir qalpoq ning tarqalish chuqurligi yer yuzasidan pastroqda grunt suvlari yuzasi bilan chegaralanadi gʻamda oʻnlab va yuzlab m ga yetadi. Temir qalpoqning birlamchi sulfid rudalariga nisbatan yuqori qismi temirga, pastkilari esa oltinga boy. Temir qalpoq sulfid rudalari konlari, asosan, mis konlarini qidirib topishda darakchi belgi hisoblanadi.